Karfagen Reja: Kirish


Qadimgi Rim san`ati va diniy e`tiqodi



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə5/8
tarix08.08.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#138891
1   2   3   4   5   6   7   8
Karfagen

Qadimgi Rim san`ati va diniy e`tiqodi
1. Rim me`morchiligi. Me`morchilik san`atning bir turi bo`lib, rimliklar bu sohada ham katta yutuqlarga erishganlar. Me`morchilikni rimliklar dastlab etrusklardan, so`ng yunonlardan o`rganganlar. Saltanatda Rim, Kapuya, Adrionopol, Karfagen kabi yirik shaharlar ko`p bo`lgan. Shular orasida saltanat poytaxti Rim shahri binolarining go`zalligi va hashamati bilan boshqalardan ajralib turgan.
Rimliklar me`morchilik tarixida beton qotishmasini kashf etib, undan ark va gumbazlarni ishlab chiqishda foydalanganlar. Ark so`zi lotinchada arkus deyilib o`zbekchada yoy, kamalak degan ma`noni bildiradi. Rimdagi Panteon – «barcha xudolar ibodatxonasi»ning yuqori qismi gumbaz uslubida ishlangan. Bu ibodatxona binosi hozirgacha saqlanib qolgan. Uning eng yuqorisida doira shaklidagi katta deraza bo`lib, undan tushadigan yorug`lik Panteon ichini yoritib turgan. Rim ustalari imperatorlar, aslzodalar va yuqori darajadagi amaldorlar uchun ark va gumbaz uslubini qo`llab ko`pgina binolar, saroylar, ma`muriy binolar va ibodatxonalar qurganlar. Milodning birinchi asrida me`morlar gladiatorlarning janglari o`tkaziladigan ulkan tomoshaxona – Kolizey amfiteatrini quiganlar. Amfiteatr arenalariga – sahnalariga yirtqich hayvonlar va gladiatorlar chiqarilib, ular bir-birlari bilan urishtirilib tomoshalar ko`rsatilgan.
2. Rimdagi tomoshalar. Rimda ham Yunonistondagi kabi har xil tomoshalar ko`rsatilgan. Rim amfiteatrlarida rim va yunon mualliflarining tragik va komediyalari qo`yilgan. Yunonistonda teatr bilan tanishgan sarkarda Pompey Rimda ham yunon namunasidagi birinchi teatrni qurdirgan. Rimliklarning eng sevimli tomoshalari bu gladiatorlar jangi va jang aravalari poygasi edi. Kolizey amfiteatriga 50 mingdan oshiqroq tomoshabin sig`ar ekan. Imperator Avgust buyrug`i bilan Rim atrofida katta ko`1 qurilib, u yerda tez-tez dengiz jangi mashqlari uyushtirib turilgan. Bu mashq-janglarda 30 katta kema, ko`plab kichik kemalar va uch mingga yaqin jangchi qatnashgan. Imperator Trayan tomonidan tashkil etilgan bayram tantanalari 123 kun davom etgan. Imperator, amaldor va aslzodalar uchun hashamatli lojalari bo`lgan ayvonli otchopar – ippodromlar barpo etilgan. Otchoparda yunonlarniki singari 4 ot qo`shilgan yengil jang aravalarining poyga musobaqalari o`tkazilgan.

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin