Karfagen Reja: Kirish



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə6/8
tarix08.08.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#138891
1   2   3   4   5   6   7   8
Karfagen

3. Rimda haykaltaroshlik. Haykaltaroshlik tasviriy san`atning bir turi bo`lib, u Rimda qadim zamondan boshlab ancha rivoj topgan ekan. Rimlik haykaltaroshlar haykaltaroshlik sirlarini yunonlardan o`rganganlar. Istilochilik urushlari davrida rimliklar Yunoniston va Sharq mamlakatlaridan marmar va jezdan yasalgan juda ko`p haykallarni olib ketganlar. Rim haykaltaroshlari bu haykallarning nushalarini va boshqa haykallarni yaratganlar. Rimliklar olimpiya xudolariga sig`inganlar, ammo ularning nomlarini o`zgartirganlar. Ular Zevsni Yupiter, dengiz xudosi Poseydonni Neptun, Gefestni Vulqon deb ataganlar. Ustalar bu xudolarning haykallari bilan ibodatxona binolarini bezaganlar. Haykaltaroshlar Sezar, Avgust, Trayan, Adrian, Konstantin, Diokletian kabi imperatorGannibal, Pompey, Ssipion kabi sarkarda va davlat arboblarining haykallarini ham ishlaganlar. Bu jihatdan Rimda imperator Trayan haykali o`rnatilgan baland minora mashhurdir. Haykaltaroshlar, oddiy kishilar, gladiator va har turli yirtqich hayvonlarning ham haykallarini yasaganlar. Bu haykallar ma`muriy bino, markaziy ko`chalar, ibodatxona va maydonlarga o`rnatilgan.
4. Rim rassomchiligi. Rimda rassomchilik ham erta rivoj topgan edi. Rassomchilikning rivoji etrusklar davriga, miloddan avvalgi VIII–V asrlarga borib taqaladi. Etrusk rassomlari erkak va ayollarning rasmlarini ishlashda katta yutuqlarga erishganlar. Rimlik rassomlar etrusk va yunon rassomlariga taqlid qilib juda ko`p rasmlar ishlaganlar. Qadimgi Rimda san`atning bu turi devoriy rasmlarda o`z aksini topgan edi. Imperator saroylari, ibodatxonalar, amaldorlarning qasrlari, uylari va mehmonxonalarining ichki devorlari termalar: ov, jang, har turli hayvon va turli toifaga mansub kishilarning rasm tasvirlari bilan bezatilar edi.
Rimliklar Yunonistonni istilo qilganlaridan so`ng Italiyada ellin-yunon madaniyatining ta`siri kuchayadi. Bir rim shoiri: «Asir qilingan Yunoniston johil Lasiyga san`at olib kirib yovvoyi g`oliblarni asir etdi»–deb yozgan ekan. Rim yunon va Sharq xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lib, o`ziga xos madaniyat yaratgan. Ayni paytda Rim madaniyati qator Yevropa xalqlari madaniyatiga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatgan.

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin