Karimova Feruza Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlati


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 298,38 Kb.
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#121920
1   2   3   4   5   6
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLATI

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-dekabr,
806-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga

1-ILOVA
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida


NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni xabar berish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishlar (xizmatlar) buyurtmachilari — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslangan xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qiladigan jismoniy va yuridik shaxslar;
maxsus mobil ilova — mobil telefonlar (planshetlar) uchun mo‘ljallangan “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi dastur;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar;

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin