Karimova Feruza Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlati


-bob. O‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi



Yüklə 298,38 Kb.
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#121920
1   2   3   4   5   6
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLATI

2-bob. O‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
8. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bunda so‘rovnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda mustaqil ravishda, davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
9. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, ro‘yxatdan o‘tkazish elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilgan holatlar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari;
o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini yuritishning mo‘ljallanayotgan manzili;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning mobil telefon raqami va u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
So‘rovnomada o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazalarida mavjud ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
11. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat faoliyatini amalga oshiradigan hudud bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi.
12. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) yuboriladi.
Bunda ma’lumotnoma davlat tilida rasmiylashtiriladi. Shaxsning xohishiga ko‘ra ma’lumotnoma rus va ingliz tillarida yoki imkon bo‘lsa, boshqa tilda rasmiylashtirilishi mumkin.
13. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ma’lumotnomani maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda qog‘oz shaklida ham olishlari mumkin.
14. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ma’lumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
15. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda haq undirilmaydi.

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin