Karimova Feruza Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlati


o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi (registr)



Yüklə 298,38 Kb.
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#121920
1   2   3   4   5   6
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLATI

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi (registr) — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq axborotni saqlash, o‘zgartirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboriladigan va fuqaroning o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan elektron shakldagi ma’lumot.
3. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (registr) davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi.
4. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi talab etilmaydi.
5. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
6. Tashkilotlar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish obyekti hisoblanmaydi.
7. O‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi.

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin