Касб-ҳунар коллежлари талабаларининг ўқув педагогик амалиёти ҳақида



Yüklə 21,68 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü21,68 Kb.
#99876
AMALIYOT SHARTNOMASI LOTINDA.Yangi




Farg‘ona shahar kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini ishlab chiqarish va dimlom oldi amaliyotlari
SHARTNOMASI.
“____”____________ 202__ y ___________ sh
Farg‘ona shahar kasb-hunar maktabi keyingi o’rinlarda (Ta’lim muassasasi)ning rahbari: N.I.Teshabaeva bir tomondan, ikkinchi tomondan ”NIZOM” asosida faoliyat yurituvchi: ____________________________________________________________
(korxona, tashkilot, muassasa nomi)
(kelgusida “Korxona” deb nomlangan)ning rahbari ____________________________________________________________________
(f.i.sh.)
I. SHartnomaning maqsadi.

Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan Farg‘ona shahar kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining tanlagan kasbi bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga ega hamda intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlash maqsadida o‘quv amaliyotini o‘tkazish va tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.




II.Kasb-hunar maktabining majburiyatlari:
2.1. Malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha o‘quv reja va dasturlarga amal qilgan xolda, 2022-2023 o’quv yilida ____________________________________ yo‘nalishi o‘quvchisi________________________________ni amaliyot o‘tash uchun yuboradi. O‘quvchiga ishlab chiqarish ta’limi ustasi: ___________________ni amaliyot rahbari etib tayinlaydi.

2.2. Amaliyotchi sifatida korxonaga yuborilayotgan o‘quvchilarga dastlabki kasb-hunarga tayyorgarligini o‘rgatadi, korxonadagi ish o‘rni va xududda o‘zini tutish talablariga, mehnat va yong‘in xavfsizligi hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.


2.3. Tayinlangan ishlab chiqarish ta’limi ustasi orqali o‘quvchilarning amaliyotiga rahbarlik qiladi va o‘quv ishlarini tashkil etadi.
2.4. Korxona tomonidan o‘quvchilarni kasblari bo‘yicha o‘quv amaliyotini o‘tkazishlari uchun o‘quv dasturi talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilmasa va ishlar bilan ta’minlash vazifalari bajarilmasa, shuningdek amaliyot o‘tash davrida o‘quvchilar bo‘sh qolsalar, malaka talab etilmaydigan ikkinchi darajali ishlarga jalb etilsalar, ta’lim muassasasi ularni qaytarib olib ketadi.
III.O‘quvchining majburiyatlari:

3.1. Mutaxassisligi bo‘yicha tarmoq ta’lim standartida ko‘rsatilgan barcha bilim, malaka va ko‘nikmalarni, shuningdek, korxona talabiga ko‘ra zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi.


3.2. Amaliyot joyiga belgilangan vaqtda boradi va belgilangan vaqtda u yerdan ketadi.
3.3. Ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
3.4. “Korxona”ning ichki mehnat tartibiga rioya qilish;
3.5. Texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganadi va ularga qattiy rioya qiladi;
3.6. Ta’lim muassasasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashadi, oraliq va yakuniy imtihonlarda yaxshi natijalarga erishadi.
IV. Korxonaning majburiyatlari:

4.1. Amaliyotchilarning kasblariga mos ravishda amaliyot uchun ish o‘rni bilan ta’minlaydi, amaliyot vazifalari, zarur xujjatlar tayorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi, korxonada egallayotgan mutaxassisliklariga mos bo‘lmagan ishlarga yo‘l qo‘ymaydi.


4.2. O‘quvchiga korxonadan amaliyot rahbari biriktiradi, hamda amaliyot samaradorligini ta’minlaydi.
4.3. Har bir amaliyotchi haqida amaliyot yakuni bo‘yicha tavsifnoma beradi.
V.Tomonlarni qo‘shimcha majburiyatlari:
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mazkur shartnoma bo‘yicha tortishuvlar (kelishmovchiliklar) haqida maxalliy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga ma’lum qilinadi.
SHartnomaning amal qilish muddati “___” “ ___”202 yildan - “___” “____”.202 yilgacha
Ushbu shartnoma ikki nusxada tayyorlangan va ikkala tomonda bir nusxadan saqlanadi.
Tomonlarni imzosi va manzili.


Ta’lim muassasasi: KORXONA:

Farg‘ona kasb-hunar maktabi ____________________________
Farg‘ona shahar Yoshlik Manzili_____________________
Ko‘chasi 18-b uy INN________ ________________
direktori: N.I.Teshabaeva Raxbari______________________


Tel: 902774774
Yüklə 21,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin