Kasbiy faoliyat psixologiyasi


MODUL V. TALABALAR PSIXOLOGIYASI VA O‘QUV FAOLIYATI



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

MODUL V. TALABALAR PSIXOLOGIYASI VA O‘QUV FAOLIYATI.
 
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
 
Talabalarning psixologik xususiyatlari. 
Talabalar tafakkurining xususiyatlari, talaba shaxsining ijtimoiy - psixologik 
xususiyatlarini tekshirish,
 
oliy ta‘limdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llari, 
darsni psixologik tahlil qilishga oid ko‗nikmalarni shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI: 
-
ta‘limiy maqsad

talabalarga ma‘lumot berish, rivojlantirish, ta`limiy 
maqsadini aniq belgilash, uning modul tizimidagi o‗rnini qat‘iy aniqlash, uning 
nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali
kasbiy kompetentligini oshirish; 
 
-
tarbiyaviy maqsad

talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida 
dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, nazariy bilimlar 
asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, kasbiy mahoratni shakllantirish;
 
-
rivojlantiruvchi maqsad
: modulni o`tishda ongli intizomni tashkil etish, 
talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-
psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
 
5.1. Talabalarning psixologik xususiyatlari. Talabalar tafakkurining 
xususiyatlari. Talaba shaxsining ijtimoiy - psixologik xususiyatlarini 
tekshirish.
 
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
Sezgi organlariga ta’sir etish, turli - tuman 
kasblar, bilimlar tizimi bilan qurollantirish, fikr yuritish qobiliyati, real yoki 
noreal xodisalar, yangilik yaratish yo‘llari, tasavvur etish qobiliyati, faol bilish 
jarayoni, korreksiya qilish.
O‗spirinlarning bilish jarayonlari va temperament xususiyatlarini xisobga 
olgan xolda kasbga yo‗llash maqsadga muvofiq.
Sezgirlar deganda moddiy dunyodagi narsalarning ayrim xossalari va 
xodisalar insonning sezgi organlariga ta‘sir etib, muayyan tanlovdan (seleksiyadan) 


100 
o`tgandan keyin uning aks ettirilishi tushuniladi. Boshqacha so`z bilan aytganda, 
sezgi insonlarning tashqi ta‘sirini qabul qilish qobiliyati va shunday ta‘sirdan xis-
tuyg‗u, bilish jarayonining sodda va boshlang`ich shakli, bosqichi xisoblanadi. 
Sezgilar uch guruhga bo`lib o`rganiladi: a) ko`rish, xis bilish, tam sezish, tuyush - 
eksteroretseptiv sezgilar; b) organiq sezgilar, ya‘ni ikki organlarning faoliyati 
to‗g‗risida xabar berib turuvchi - interoretseptiv sezgilar; c) kinestetik (xarakat), 
muvozanat, tebranish (vibratsiya) - proprioretseptiv sezgilar. 
Sezgilik deganda, sezish qobiliyatining yuksak darajada rivojlanganligi 
tushuniladi. Kasbda shaxsning sezgirligi muxim rol o`ynaydi. Xavo musaffo 
paytda ko`zimiz 25 kilometr masofadagi shamning yorug`ini ilg`aydi. Buyumning 
og`irligiga atigi 3 - 4 gramm qo`shilishi bilan sezgi organlarimiz og`irlik 
o‗zgarganligini seza oladi. Sezgi organlarining farq sezish chegarasi yorug`lik 
uchun - ko`zg`alish (ta‘sir)ning yuzdan bir, tovush uchun – o`ndan bir, bosim 
uchun uchdan bir birligiga teng. Insonning ko`zi yarim millionga yaqin rang - tusni 
ajrata oladi. Bundan chiq`adigan asosiy xulosa shundan iboratki, farqni sezish 
chegarasining past yoki yuqori bo‗lishi ko‗pchilik kasb-hunarlar uchun muxim 
ahamiyatga ega. 
Sezgi organlarining avto muxitdagi o‗zgarishlarga moslashuvchanlik 
qobiliyati nixoyatda kuchli. Masalan, ko`zning yorug`lik nurlariga nisbatan 
sezgirlik darajasi 200000 (ikki yuz ming) baravar orttirishi, binobarin, ko`z 
qorachig`i 17 baravar kattalishishi mumkin. Odatda xar qaysi shaxsning sezish 
qobiliyati xar hil darajada rivojlangan bo‗ladi.
Sezgirlik shaxsning muxim xususiyatlaridan biri bo`lib, ma‘lum faoliyat turi 
bilan shug`ullanish sezgirligi oshadi. Buning uchun inson muntazam ravishda 
mashq qilishi va mashq jarayonida sezgirlikka nisbatan talabni oshira borishi, ishda 
sustlikka yo‗l qo`ymaslik zarur. O‗spirinlarning ruxiy tetikligini, jismoniy 
faolligini oshirish, mehnatga, kasb-hunarga qiziqtirish sezgirligi, ziyraqligini 
oshirish garovidir.
Ayni paytda sezgi organlariga ta‘sir etayotgan ob‘ektni mavjudol, narsa va 
xodisalarning inson ongidagi in‘ekosi idrok deb ataladi. Verbal va novebral 


101 
xususiyatlari bilan boshqa bilish jarayonlaridan farqlanadi. Idrok voqelikni aks 
ettirishning sezgiga nisbatan shakli bo`lib, xodisalar, narsalar va sub‘ektlarning 
yaxlit obrazini yaratadi.
Talabalarning o‗qishi, mehnat faoliyati, muomala jarayoni, kasb tanlashi 
uchun fazo va vaqtni idrok qilishning katta ahamiyati bor. Xar qanday kasb - 
hunar, ixtisos va mutaxassislik uchun ish sur‘ati, vaqt, ish qurollari, vositalarining 
fazoda qanday joylashganligini aniq bilish talab qilinadi. Shaxsni kasbga 
yo‗llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatidan iborat fazilati va 
kuzatuvchanligi aloxida rol o`ynaydi. Ba‘zi birovlar moddiy narsalarga nisbatan 
kuzatuvchan bo`lsa, boshqalar psixologik jixatdan kuzatuvchandir. Talabaning 
atrof muxitdagi narsa va xodisalar haqida chuqur fikr yurita bilishi uning idroklilik 
darajasiga bog`liq bo`lib, bu fazilat kasb tanlashda juda asqotadi.
Biror kimsa, narsa yoki xodisa haqidagi taassurotni esda saqlab, eslab qolish 
va keyinchalik esga tushirish, reproduktiv va produktiv xolatni aks ettirish 
qobiliyati xotira deb ataladi. Xotiraning hayot, faoliyat, muomala va xulq-atvor 
jarayonlarini aks ettirish qobiliyati muxim xislatidir.
Xarakat xotirasi (xarakatni eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash, tanish, 
eslash, takrorlash), emotsional xotira ( xis-tuyg‗ular bilan aloqador emotsional 
kechinmalarning voqelik bilan uyg`unligi), tasavvur xotirasi (buyumlarning 
ko‗rinishi, shakli, qiyofasini eslab qolish va esga tushirish), so`z - mantiq, xotirasi 
(so`zlar va nutq bilan uzviy bog`liq bo`lgan fikrlarni eslab qolish hamda esga 
tushirish) va boshqalar farq qilinadi.
Bundan tashqari, xotira faoliyatining maqsadga qarab - ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz eslab qolish va esga saqlash muddatiga qarab - qisqa muddatli, uzoq 
muddatli, operativ va boshqa xotira degan turlarga ham ajratiladi. Xotira, o`z 
navbatida ko`rgazmali, obrazli, so`z - mantiq, abstrakt, xarakatli va oraliq tiplarga 
ajratilib o`rganiladi.
Yoshlarni kasbga yo‗llashda ularning xotirasidagi shaxsiy farqlarni xisobga 
olish maqsadga muvofiq. O‗quv materiallarining turli - tumanligi xotirani 


102 
o`tkirlashtirish, rivojlantirish uchun qulaylik yaratadi, chunki kasb - hunarning 
hilma - hilligi xotiraning o`tkirligini talab qiladi.
Xotiraning hamma turlari, o‗ziga xos jixatlari kasb – hunar, ixtisos, 
mutaxassislik tanlashda, turli - tuman kasblar to‗g‗risidagi ma‘lumot, axborotlarni 
o`zlashtirish eslab qolish va keyinchalik esga tushirishda juda muxim rol o`ynaydi. 
Biror ixtisosni egallash uchun xotiraning yuqorida ta‘riflab berilgan turlaridan 
birontasi albatta kerak bo`lib qoladi. Bu esa, o`z navbatida ishning samarali 
bajarilishini ta‘minlaydi.
Aqliy mehnat bilan shugullanuvchilarning xotirasi ayniqsa o`tkir bo‗lishi 
lozim. 
Tafakkur voqelikning miyada bevosita zuxur etilgan mavxum va 
umumlashtirilgan in‘ekosi bo`lib, talabaning olam haqidagi bilimining asosiy 
manbai bo`lgan sezgilari, idroki va tasavvurlari hamda amaliy faoliyati bilan 
bog`liqdir. Tafakkur talabani bilimlar tizimi bilan qurollantiradi, qudratli tabiat 
kuchlarini o‗ziga buysundirishi uchun imkon tug`diradi. Barcha bilimlar fikr 
yuritish yo‗li bilan o`zlashtiriladi. Bilimlarni anglash natijasidatalaba talabada 
tushunchalar muloxaza va xulosalar kelib chiqadi. Talaba fikrlash, muloxaza 
yuritish, ijodiy izlanish natijasida muammolar va muammoli vaziyatlarni xal qiladi, 
yangilik yaratadi, ijod (kreatsiya) qiladi.
Aqliy qobiliyat talabaga xos yuksak fazilat bo`lib, muayyan operatsiyalar, 
xatti-xarakatlar yordami bilan ro`yobga chiqadi. Talaba mehnat faoliyatining 
barcha soxalarida o`zining aqliy qobiliyatidan samarali foydalanmogi zarur.
Talabalarning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muxim mezonlardan biri 
muammoli vaziyatdir. Ta‘lim jarayonida talabalarni muammoli vaziyatni
topshiriqni yechishga o`rgatish ularning bu aqliy qobiliyatini rivojlantirishga katta 
yordam beradi. Buning uchun talabalarga muammoli, jumboqli topshiriqni yechish 
bosqichlarini ta‘riflab berish joiz. Bunda qo`yilgan muammoning moxiyati 
tushuntiriladi, uni yechish usullari, vositalari qidiriladi, tanlangan usul hamda 
vositalardan foydalanib, muammo yechiladi, uning to‗g‗ri yechilganligi tekshiriladi 
va xokazo.


103 
Ta‘lim oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun bir element ortiqcha 
berilgan yoki biror sharti yetishmaydigan, yo bo`lmasa o`zaro mantiqdan 
bog`lanmagan topshiriq hamda masalalardan muammo sifatida foydalanilsa juda 
qimmatli natijada olinadi. Qo`yilgan muammoning kasb-hunarga aloqador bo`lgani 
ma`qul. Muammoli masalani xal qilishda tafakkurning mustaqilligi, ixchamligi, 
tezligi, mantiqiyligi, izchilligi, o`tkirligi, teranligi, maxsuldorligi juda muxim 
ahamiyatga ega.
Xullas, tafakkurning xozirgacha foydalanilmayotgan imkoniyatlarini zudlik 
bilan kasb tanlash samarasini oshirish ishiga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Xayo`lot (fantaziya) ob‘ektiv voqelikning inson ongidagi o‗ziga xos 
in‘ikosi, real yoki noreal xodisalar haqidagi uy, fikr, farazga asoslangan tasavvurlar 
majmuasidir. Bironta, xatto eng chalkash, faraziy tasavvur ham talaba aqlining 
faqat sub‘ektiv maxsuli xisoblanmaydi, oqibat, natijada bu tasavvurda ob‘ektiv aks 
ettirilgan bo‗ladi. Shunga ko`ra talaba faoliyatining xar qanday turi uchun, shu 
jumladan, olimning gipoteza yaratishi, voqelikni bashorat qilishi, xodisalarning 
sabablarini taxmin etishi uchun xayo`lot juda zarurdir. O‗quvchi yoki talabaning 
faraziy tasavvuri yetarlicha rivojlanmagan bo`lsa, ta‘lim jarayonida ko`zlangan 
maqsadga erisha olmaydi.
Yangilik yaratishga intilgan xar qanday ijodiy farazsiz tasavvur etib 
bo`lmaydi. Yangilik yaratish yo‗llari faraz qilish jarayonida vujudga keladi. Inson 
orzu, ezgu niyat qilmasdan, xayol surmasdan, o`ylamasdan yashay olmaydi. Ijodiy 
izlanish talabaning psixologik tavsifi uchun katta ahamiyatga ega. Talabaning 
xayo`l surish, faraz qilish, tasavvur etish qobiliyatiga qarab uning ma‘naviy 
dunyosi to‗g‗risida muayyan darajada aniq fikrga kelish mumkin. Talaba faraziy 
obrazlar, timsollar, tasvirlar tufayli tobora sezgir, mexribon, xushmuomala, saxiy 
bo‗ladi.
Shunday qilib, faol bilish jarayoni talaba faoliyatining hamma turlarida bir 
tekis ishtiroq etadi va aks ettirishni mukammal bo‗lish imkoniyatini va 
qonuniyatlariga tayanib ish tutgan talaba kamroq xato qiladi. Bu omillar uning 


104 
xatolarga nisbatan ongli munosabatda bo‗lishiga, yo‗l qo`ygan kamchiliklarni o`z 
vaqtida tuzatishga (korreksiya qilishga) imkon yaratadi.

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin