Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

XULOSA
 
O`zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to`g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖da har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning 
mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos, 
barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb 
vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, 
talabalarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni 
amaliyotda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko`pgina 
ta`lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo`riqlari mavjud. Jumladan, bu borada 
talabalarni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llanilgan usullar, 
vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an`analar, g‘oyalar, hayotiy tajribalardan 
iborat namunalar majmuasidir. 
Darslikda mualliflar kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat 
yuritish zarurligi bilan tanishtirish, kasbiy faoliyat psixologiyasi elementlari
faoliyatda ularni qo`llay bilish, kasbning ta`lim - tarbiya jarayoniga ta`sir 
ko`rsatishi, psixologik muloqot funktsiyalari, tuzilmasi va turlari, psixologik 
texnika elementlari, uni egallash yo`llari, kasbiy faoliyat psixologiyasining 
mazmuni, mohiyati, undan foydalanish, yo`l qo`yiladigan ba`zi kamchiliklar ustida 
ishlash, kasbiy faoliyat psixologiyaning qiyosiy tahlili, psixologik ta`sir ko`rsatish 
usullari xususida fikr yuritdilar. Talabalarning faoliyatida nazariy – metodologik 
asoslar, mazmun, funktsiya, ularning vazifalari, kasbni boshqarishda pedagogning 
pedagogic faoliyatni egalashidagi psixologik muammolarni aniqlab, kamchiliklarni 
bartaraf etish yo`llari aniq dalillar asosida yoritildi.
Maqsadimiz – talabalarga, xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr 
yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan 
kadrlar, faoliyatini endigina boshlagan kimyoviy texnologiya yo`nalishi faoliyatiga 
tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat 
yuritish haqida ma`lumot berishdan iborat.
Ushbu darslikda kamchiliklar, hali qiyomiga etmagan fikrlar bo`lishi 
mumkin. Shu sababdan sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz va keyingi 
nashrlarda, ularni albatta inobatga olamiz. 


204 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin