Kasbiy faoliyat psixologiyasi


O‗qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

O‗qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
- o‗qituvchining o‗z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni 
insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‗z yurti, ona tili, o‗z xalqining tarixi va 
uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‗oyasida yashashidan 
iboratdir; 
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; 
- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma‘naviy pokligi, ma‘naviyat va ma‘rifat 
bo‗yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi; 
- o‗zini qo‗lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. 
Jamiyatning o‗qituvchi oldiga qo‗yadigan asosiy talablari quyidagilardir: 
- shaxsni ma‘naviy va ma‘rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg‗onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni 
mustaqillik g‗oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‗z
 
Vatani, tabiatga va oilasiga 
bo‗lgan muhabbati; 
- keng bilimga ega bo‗lishi, turli bilimlardan xabardor bo‗lishi; 
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh 
fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‗lishi; 
- o‗zi dars beradigan fan bo‗yicha mustahkam bilimga ega bo‗lib, o‗z kasbi, 
sohasi bo‗yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor 
bo‗lishi; 
- ta‘lim va tarbiya metodikasini egallashi; 
- o‗z ishiga ijodiy yondashishi; 
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi; 


191 
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta‘limning ifodali vositalari) va pedagogik 
taktga ega bo‗lishi; 
- o‗z
 
bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. 
Har bir o‗qituvchi ana shu talablarga to‗la javob bera oladigan bo‗lishiga 
intilishi shart. 
O‗qituvchi jamiyat tomonidan qo‗yilgan talablar bilan bir qatorda o‗z 
faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma‘muriyati, hamkasblari, 
o‗quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan 
chiqarmasligi lozim. 
O‗qituvchining o‗z ishidan nimanidir kutayotganligining o‗ziyoq muhim 
ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan 
o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablarga kelsada, o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗ladi, lekin bu talablar hamma vaqt ham bir biriga mos kelmasligi mumkin. 
Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha xalq ta‘limi 
bo‗limlari va maktab direktorlari o‗qituvchining ayrim xislatlari naqadar 
muhimligini har hil baholaydilar. Jumladan, xalq ta‘limi bo‗limlarining mudirlari 
o‗qituvchidan birinchi navbatda o‗z fanini yaxshi bilishini va dars berish 
metodikasini mukammal o‗zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari 
o‗qituvchiga qo‗yiladigan bunday talablarni uchinchi o‗ringa qo‗yadilar. Shu bilan 
birga xalq ta‘limi bo‗limlarining mudirlari o‗qituvchilarning o‗quvchilar va ota-
onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‗lishini bilishini naqadar 
ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e‘tibor bermaydilar, maktab direktori esa, 
bunday xislatlarni o‗qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar ichida birinchi o‗ringa 
qo‗yadilar. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin