224
TEST SAVOLLARI
1. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti quyidagi qoidalarning qaysi
birida to`g‘ri aks ettirilgan?
A) psixologiya kishining ongini o`rganuvchi fandir
B) psixologiya ruh, jon haqidagi fandir
C) psixologiya psixik faktlarni, ularning qonuniyatlarini, mexanizmlarni
o`rganuvchi fandir
D) psixologiya
kishining hatti-harakati, xulq avtorini o`rganuvchi fandir
2. Affekt psixik hodisalarning qaysi guruhi (turkumi) ga kiradi?
A) psixik holatlarga
B) psixik jarayonlarga
C)
psixik xususiyatlarga
D) parapsixologik hodisalarga
3. Kuzatish metodining turlari: ob`ektiv (tashqi) , ... (introspektsiya) .
A) laboratoriya sharoitida
B) o`z-o`zini kuzatish
C)
dars davomida kuzatish
D) eksperiment
4. Savollar va ularning javob variantlari berilgan anketalar qanday tipdagi
anketalar deyiladi?
A)
ochiq tipdagi
B) yarim ochiq
C) yopik tipdagi
D)
test tipidagi
5. Psixologik tadqiqotlar quyidagi bosqichlarda o`tkaziladi:
tayyorgarlik bosqichi, empirik bosqich (tadqiqot o`tkazish) , olingan
natijalarni qayta ishlash, ... bosqichi. Tushirib qoldirilganini toping.
A) interpretatsiya
B) korrelyatsiya
C)
generatsiya
D) appertseptsiya
6. Ayrim narsalar va hodisalar orasidagi murakkab munosabatlarning aks
ettirilishiga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan hayvonlarga xos hatti-
harakat shakllari?
A) instinktlar
B) ko`nikmalar
C)
reflekslar
D) aqliy hatti-harakatlar