Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster,
Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni
aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli”
sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METODI
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi.
Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish,
taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo‘linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi;
-har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;