Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri.
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon(1905)larning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli – test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‘nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‘lchash metodi sifatida qo‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni, uning reaktsiyalarini o‘rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlarni ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi.