Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921)ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika tushunchasi individni o‘rganadigan barcha metodlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o‘rganish yangi metodlari bo‘lmish proektiv metodlar bilan bog‘langan edi.

Sobiq ittifoqda psixodiagnostika fanining taqdiri.
Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o‘z tarixiga ega.
Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin.Birinchi bosqich
o‘tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi.
Bunga bog‘liq ravishda pedalogiya – bola haqidagi fan rivojlana boshlandi.