Kasbiy psixologiya


Tafakkur va uning ichki ishlar idoralari xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə23/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Tafakkur va uning ichki ishlar idoralari xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. Tafakkur atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik yaratish va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir2. Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta- sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.
Tafakkur jarayonida inson hissiy bilish qobig‘idan tashqari chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo‘lmagan murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur uzluksiz bir-birlarini boyitib turadi.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun shaxsning tafakkuri rivojlanishi bilan birga nutq faoliyati ham o‘sadi. Bu esa shaxsda o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomil- lashtiradi va lug‘at boyligini oshiradi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni yechish- ga oid holat va hodisalarning mohiyatini tez anglash, turli tuman axbo- rotlar ichidan zarurini ajratib olish, ular o‘rtasidagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko‘pchilik ilg‘ay olmaydigan mayda narsalarni ko‘rish bilan ularni turli harakat, shakllarda obrazlashtirish, jonlantirishda namoyon bo‘ladi.





1 Қаранг: Арифходжаева И. Х. Ички ишлар идоралари ходимлари психологияси. – Т., 2008. – Б. 134.
2 Қаранг: Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. – Т., 1990. – Б. 15.
Ichki ishlar idoralari xodimi oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun uning kasbiy tafakkurini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Idrok va tasavvurda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Ichki ishlar idoralari xodimi fikrlash orqali masalani samarali hal qilishda to‘xtovsiz ishlaydi, bunda ijodiy jarayon – tafakkur ishga tushadi. Bu bosqichda yangi ma’lumotlar izlanadi, zarur materiallarni yig‘ish, ishga daxldorlarni so‘roq qilish amalga oshiriladi. Keyin barcha ma’lumotlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va ular asosida turli taxminlar ilgari suriladi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatda tafakkurga «o‘ta xavfli sharoitda ongning yuqori darajada samarali ishlash qobiliyati»1, deb ta’rif berish mumkin.
Umumiy psixologiya asoschilari talqinida esa tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, bevosita, to‘liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi.
Tafakkur, xususiyatiga ko‘ra, shaxs faoliyatida vujudga kelgan muammo va masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning yechimini topish bilan bir qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa va hodisalarning noaniq xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur yuritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad muayyan vaziyatdagi turli munosabatlar, holatlar yuzasidan avval alohida, so‘ngra umumlashtirilgan holda olingan manbalarni o‘zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda shakllantirishdir2.
Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan aqliy imkoniyat, balki inson omilini faollashtirish qurolidir3. Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‘ra olish, analiz va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va taxminiy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.



1 Qarang: Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998. – С. 328.
2 Qarang: Рубинштейн С.Л. О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.
3 Qarang: Столяренко А.М. Психологическая подготовка сотрудников ОВД. – М., 1997. – С 21.
Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo‘lib, narsalar, odamlar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namo- yon bo‘ladi. Xodimning tafakkuri murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammolarni hal etishning yangi yo‘llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat1.
Kasbiy vazifani tushunish usuli. Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga bo‘lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir-chikirlariga e’tibor berish, hech narsani nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega bo‘lishga harakat qilish kerak.
Masalaning yechimini topish usuli. Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash yo‘nalishlari tanlanadi, uyg‘unlashtiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish usuli. Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga oshirish hamda shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) shaklida amalga oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rib chiqish va ishlash, ularni bir butun ko‘rinishga birlashtirish hamda asosiy bo‘g‘inni topish zarur.
Tafakkurni yo‘naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo‘nalish olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motivlarini tushunishga harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o‘tkazish va uning asosida vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o‘zini nazorat qilishning so‘zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga kel- dim?» va h.k.) foydalangan holda tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo‘l qo‘ymaslikka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:



1 Qarang: Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходим- ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 44.

  1. mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish;

  2. kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajribani egallashga harakat qilish;

  3. kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajriba egallashga harakat qilish;

  4. bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish;

  5. mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani yechishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish;

  6. aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin