Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə20/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi va siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushadi.
Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak1.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira – xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor



1 Qarang: Каримова В. М., Акрамова Ф. А. Психология. – Т., 2000. – Б. 75–76.
xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat»1.
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog‘liq.
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg‘ularning ham ta’siri kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘p hollarda ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko‘tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»2.
Tergov jarayonida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ayni vaziyatda ularga qaysi bir holat ahamiyatli bo‘lsa (ijobiy yoki salbiy ta’sir), o‘sha holatni eslashi mumkin. Xodim guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga xos alohida xususiyatlarni hisobga olishi, shaxsning ko‘tarinki (optimistik) yoki tushkun (pessimistik) kayfiyatiga qarab bir xil vaziyatni turli shaxslar turlicha talqinda (yaxshi va yomon taassurotlar asosida) eslab qolishi mumkinligini inobatga olishi zarur. Sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi turlicha talqin qilishi, eslab qolishi va yodga olishi kuzatilgan.
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli bo‘lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. Har qanday voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira



1 Qarang: Столяренко А. М. Психологическая подготовка сотрудников ОВД. – М., 1997. – С.20.
2 Qarang: Зинченко П. И. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26.
blokiga tushadi. Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq muddatli xotira blokiga o‘tishi mumkin.
Aks etish – reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi1.
Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg‘itmaslik, savol berib gapini bo‘lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobiqni faollash- tirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim2.
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manbalarni eslay oladi. «Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip»3, deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.
Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:

  • odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti-hara- katlaridagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;

  • xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muam- molarni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;




1 Qarang: Лук А. Н. Памят и кибернетика. – М., 1999. – С. 11.
2 Qarang: Васильев В. Л. Юридическая психология. – СПБ., 2005. – С. 75.
3 Qarang: Лук А. Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.

  • qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish va tanish;

  • o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;

  • joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va xotirada saqlash.

Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni esda saqlash prinsiplari:

  1. maqsadni to‘g‘ri tanlash;

  2. axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali) turli bog‘liqliklarni o‘rnatish.

Ma’lumotni yodlash prinsipi:

    • ma’lumot idrok qilinganidan so‘ng 20 soniya ichida takrorlash;

    • ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish;

    • mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish;

    • ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash.

Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish usullari:

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin