Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə16/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kuzatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.
Kasbiy kuzatish esa ichki ishlar idoralari xodimlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.
Kasbiy kuzatuvchanlik xodimning shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo‘li- shida, kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi1.
Kasbiy kuzatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo‘lgan obyekt (narsa,predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik mexanizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni ular namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra obyektiv, sharoitga xos va subyektiv guruhlarga bo‘linadi.
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv omillarga muhim vazifa yuklatiladi.
Obyektiv va sharoitga xos omillar kuzatilayotgan shaxs, obyekt va ular o‘rtasida mavjud sharoit xususiyatlarini qamrab oladi.
Subyektiv tomon jinoiy guruh a’zolarining xatti-harakatlarini yashirish niyatida amalga oshiradigan niqobli (yashirin) harakatlari, ya’ni jinoyat sodir etilgan joyda iz qoldirmaslik, dalil-isbotlarni topishni qiyinlashtirish, dastlabki surishtiruv ishlarini olib borishda anglashilmovchiliklarga sharoit yaratish kabilarda namoyon bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini shakllan- tirishda xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi.



1 Qarang: Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимла- рининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 39.
Ichki ishlar idoralari xodimi operativ qiziqish uyg‘otgan shaxsga nisbatan kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni hisobga olishi kerak.

  • o‘zi kuzatayotgan gumonlanuvchi shaxsning xulq-atvoriga xos bo‘lgan xususiyatlar (masalan, jinoiy faoliyatiga xos xususiyatlari, yo‘nalishi, jinoiy tajribasi, nimalarga qiziqishi, moyilligi va boshq.)ni;

  • zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali kuzatilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlashi, kerak bo‘lsa aniq qayd etishi;

  • qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlan- tirishda quyidagilarni e’tiborga olishi zarur:

  • kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;

  • vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;

  • kuzatilayotgan obyektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash;

  • kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;

  • bir martalik kuzatishga ishonmaslik, obyektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish;

  • kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish;

  • kuzatuv obyektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomonlarni topish;

  • kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan qiyoslash;

  • kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish;

  • kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish;

  • kuzatuvchi o‘zi ham kuzatish obyekti bo‘lishi mumkinligini esda tutishi1.






1 Qarang: Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. – М., 1967. – С. 90.
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini egallash sanaladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin