Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi yetarli darajada o‘rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog‘liq.
Birinchidan, ichki ishlar xodimi davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud bo‘lsa, unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan?
Bizning davlatimizda bu masala yetarli darajada hal qilingan.
Masalan, IIV mavjud, u har doim takomillashib bormoqda.
Ikkinchidan, ichki ishlar xodimlarining o‘zaro va fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatlari qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu
1 Qarang: ВасильевВ.Л. Юридическая психология. — СПб., 1999. – С. 198.
masala ham ijobiy hal qilingan bo‘lib, u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan.
Uchinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik darajasi qanday yo‘lga qo‘yilgan? Bu masala ham to‘g‘ri hal qilingan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan 2011-yil 04-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining «Kasb madaniyati»ni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 96-sonli buyruq, 2013-yil 29-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan «Ma’rifat va siyosiy o‘qish» darslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi 93-sonli buyruq va «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviy saviyasini oshirish, shaxsiy tarkib bilan yakka tartibda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 171-sonli buyruq va boshqalar.
To‘rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi? Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi ichki ishlar idoralari xodimlarining psixologik tuzilishini belgilaydi.
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S. L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega:
yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi;
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;
K. K. Platonov ta’limotiga ko‘ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yo‘nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi) ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi) ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi) miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq
bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A. G. Kovalev talqiniga ko‘ra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga ega:
yo‘nalganlik voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil g‘oyaviy va amaliy yo‘nalishlar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
imkoniyatlar shaxs faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlarni qamrab oladi;
iroda ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvorini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Iroda tizimida irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi;
mashqlar tizimi hayotiy faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, boshqarishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, inson shaxsining o‘zi «endopsixik» va «ekzo- psixik» tizimga bo‘linadi, degan fikr ham ilgari surilgan. Shaxs psixologiyasining ichki tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga munosabati, ya’ni shaxs qanday bo‘lmasin, baribir munosabatga kirishishi va shaxsga qarama-qarshi turadigan tizimlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi.
«Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur, xayol, irodaviy zo‘ri- qish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajribasini, qiziqishlarini, moyilliklarini, his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika», ijtimoiy omil bilan belgilanadigan «egzopsixika»ga qarama-qarshi o‘laroq, biologik jihatlar bilan bog‘liq.
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini metodologik asos qilib olgan holda, ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
kasbiy yo‘nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqod- lari, faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi;
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati jarayonida egallanadi;
individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va qobiliyatida aks etadi;
mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.