Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish
1 Qarang: Военная психология / Под редакцией А. Г. Малакова. – М., 1999. – С. 82.
(tongi soat 5 dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab yetish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta obyektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin.
Shunday ekan, ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat faoliyatida kasbiy diqqatni yuzaga keltirish uchun quyidagi usullardan foyda- lanishlari zarur:
obyektni kuzatish jarayonida jinoyatchining o‘ziga xos xusu- siyatlarini inobatga olish va jinoyatchi o‘rinda o‘zini tasavvur qilishi;
obyektni kuzatish jarayonida diqqatni to‘g‘ri taqsimlash va tez ko‘chira bilish ko‘nikmasini shakllantirish usullaridan foydalanish;
davomli mashq qilish yordamida diqqat markazida 2–7 tadan, 8– 15 tagacha bo‘lgan obyektni ushlab turish;
diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirishda har bir soniyadan unumli foydalanish;
diqqat doirasining torayishini hisobga olish, ya’ni axborot qanchalik muhim bo‘lmasin, bir obyektga bog‘lanib qolmaslik;
umumiy kuzatuv obyektida, sharoitni o‘rganish maqsadida, diqqatni teng taqsimlash orqali obyektni qismlarga bo‘lib kuzatish.
Diqqatnikuchaytirishusullari:
javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli tomonlarni hisobga olish;
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish;
obyektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;
salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik;
kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.
Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un shakllanadi. Kuzatish ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg‘otgan shaxslarning jinoiy faoliyatini fosh etishda, ularning aloqalarini, shaxsiy xislatlarini o‘rganishda, tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to‘plashda namoyon bo‘ladi.