Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə18/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir.
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Doimiy qo‘zg‘atuv- chilar ta’sir qilgan taqdirda sezgi yo‘qolib qolish xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk tezdayoq sezil- maydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof-muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir;

  2. Adaptatsiya – kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir narsaning farqiga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko‘ra boshlaymiz;

  3. Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb ataladi.

Ichki ishlar idoralari faoliyatida ham sezgining o‘rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlan- tiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Masalan, yo‘l-
patrul xizmati xodimi o‘z faoliyati mobaynida kelayotgan mashina tovushidan undagi texnik nosozliklarni aniqlay boshlaydi.
Idrok va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jara- yonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan
yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, obyektlardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.
Shu nuqtai nazardan idrok ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni, ichki ishlar idoralari xodimi aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning prinsiplariga rioya qilishlari zarur.
Idrok qilish prinsiplari quyidagilar:

  • bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish;

  • sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;

  • o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otish;

Idrok qilish prinsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, obyektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin