Kasbiy psixologiya


Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə11/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari


Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi vazifalarni yuklaydi.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his- tuyg‘ularini o‘rganish, jinoyatning kelib chiqishining subyektiv va obyektiv sabablarini o‘rganishdir.
Shu bilan birga bu fanni o‘rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida e’tibor qaratish muhimdir:

  • jinoyatchilikning oldini olish;

  • jinoyatchilikni batamom tugatish;

  • yuridik shaxslar o‘rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;

  • fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;

  • inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish.

Kasbiy psixologiya fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:

  • bo‘lg‘usi huquqshunos mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan qurollantirish;

  • kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohi- rona foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;

  • huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama shakllantirish;

  • huquq yo‘nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;

  • kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va psixologik aloqa o‘rnatish mahoratiga ega bo‘lish.

Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko‘lamidan kelib chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi.

  1. huquqiy va psixologik bilimlarni chuqur o‘rganish hamda ularni ilmiy jihatdan sintezlash;

  2. yuridik tushuncha va kategoriyalarning yuridik-psixologik mohiyatini ochib berish;

  3. ichki ishlar idoralari xodimlariga asosiy obyekt – inson xulq- atvorining ruhiy jihatlarini tushuntirish;

  4. huquqiy munosabatlarga kirishayotgan subyektlar o‘rtasidagi psixik jarayonlarni o‘rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‘rsatish;

  5. jamiyatning ijtimoiy holatini tartibga solishni yanada takomil- lashtirish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish;

  6. ichki ishlar idoralari xodimlari uchun psixologik xizmat ko‘rsa- tish taktikasi va metodikasini ishlab chiqish.

Shu ma’noda, ichki ishlar idoralari xodimlari uchun psixologik bilimlar jinoiy-huquqiy kategoriyalar (ayb, motiv, maqsad, jinoyatchi
shaxs va boshq.)ni va alohida huquqiy vazifalar, ya’ni sud-psixologik ekspertizasini tayinlash, jinoyat tarkibini klassifikatsiya qilish (yengillashtiruvchi holatlar – JKning 55, 98, 106-moddalari)da muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin