Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə38/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

bosqich – umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish;

  • bosqich – muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan prinsiplar;

  • bosqich – muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash;

  • bosqich – individual ta’sir etish va suhbatdoshga moslashish;

  • bosqich – umumiy qoidalarni yaratish va o‘zaro harakat qilish.

    Bosqichlar ketma-ketligiga rioya qilish to‘g‘ri ta’sir etishni tashkillashtirishda muhim ahamiyatga egadir.
    Bosqichlar aloqa qilish jarayonida amalga oshirilayotgan faoliyatning ketma-ketligini kuzatish dasturi sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zaro ta’sir yo‘llarini nazorat etishi mumkin1.
    Kasbiy muomala har bir ichki ishlar idoralari xodimi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muomalaning har biri turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
    Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita
    yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir1.
    Muloqotning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida quyidagi turlari mavjud:

      1. bevosita;

      2. bilvosita;

      3. rolli;

      4. mazmunli;

      5. rasmiy;

      6. norasmiy.

    Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
    Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan, telegraf, telefon orqali gaplashish).
    Muloqotning ba’zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvi kishilar tarzida muloqotga kirishadilar. Masalan, tergovchi va jabrlanuvi o‘rtasidagi muloqot rollidir.
    Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi.
    Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turi (masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish)dir.
    Shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish norasmiy muloqot hisoblanadi.
    Muloqotga kirishishda faqat so‘zlar emas, balki harakatlar, imo- ishoralar ham muhim ahamiyatga ega. Shaxslar o‘zaro muloqotga kirishar ekan, ushbu muloqot o‘zida uch muhim jihatni qamrab oladi;

    1. kommunikativ (axborot berish);

    2. interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish);

    3. perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok qilish).




    1 Qarang: Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим- ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 47.
    Muloqot jarayonida axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi
    kommunikator, uni qabul qilayotgan kishi retsepiyent deb nomlanadi.
    Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida muloqot, ayniqsa, bevosita muloqot o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki tokar temir bilan, zootexnik hayvonlar bilan ishlasa, huquqni muhofaza qilish organi xodimi shaxslar bilan, aholi bilan, jinoyatchi, guvoh, gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi bilan ishlaydi. Ularning har biri o‘ziga xos dunyoqarash va muomalaga ega, bu muloqot jarayonida ko‘rinadi.
    Muloqotda nutq muhim rol o‘ynaydi, uning ravonligi, so‘zlarning yaxshi va o‘z joyida to‘g‘ri ishlatilishi muvaffaqiyat garovidir. Nutq eshittirilishi yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar- soqov kishilar uchun biror-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Muloqotda ma’lumot beruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Nutq shaxsning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, mimikasi, tez yoki sekin gapirishi, ovozi, salmoqlab yoki vazmin gapirishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Shaxs ma’lumotni ikkinchi bir shaxsga nutq bilan birga xatti- harakat, mimikalar orqali, shuningdek yozma yoki ko‘rgazmali usulda berishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatiga salbiy ta’sir qiladi.
    Muloqotning uzoq davom etishi ziddiyatli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Har qanday muloqotdan biror-bir maqsad ko‘zda tutiladi. Muloqotga kirishgan har bir shaxs uning yakunidan turlicha, ya’ni ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarishi mumkin.
    Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning bajaradigan vazifalari turlicha, shu bois muloqotning quyidagi psixologik vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • informatsion;

    • regulyativ;

    • xabar;

    • nazorat;

    • tarbiya.

    Informatsion vazifasi axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir.
    Regulyativ vazifasi muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatni tashkil qilishdan iborat.
    Xabar vazifasi ko‘magida biz muhim ahamiyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilamiz.
    Nazorat vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi.
    Muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni uning tarbiyalash vazifasi bo‘lib, nihoyatda muhim omil hisoblanadi.

      1. Yüklə 2,38 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin