Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə34/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini takomillashtirish. Fuqarolar bilan muomala qilish jarayonida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida odatiy holdir. Shu bois xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan odam- larga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, majburlash, rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanish- lariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini tutish, turli taktik usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foyda- lanish ko‘nikmalari ham shakllangan bo‘lishi kerak.
Tergov va operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o‘rinda xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko‘rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqarorlikning shakllan- ganligi xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o‘z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodim- larga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish. Xodimlarning psixologik barqarorlik va og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, muvaffaqiyatsizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar o‘z xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. Ular mashg‘ulot va mashqlar jarayonida o‘zlarini boshqarish, asabiy zo‘riq- ishni yo‘qotish, ichki imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safar- bar qilish usullarini egallashlari kerak.
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ichki ishlar organlari xodimlari amaliy faoliyatlarida ishni sifatli
bajarishni qiyinlashtiradigan, ba’zan esa qo‘yilgan maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni yengishga undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to‘g‘ri keladi. Irodaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga mashg‘ulotlar jarayonida qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to‘plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi.
Ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlik. Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko‘pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o‘ziga xosligini belgilab beruvchi maqsad, obyekt, sharoit va usullarga bog‘liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, ichki ishlar faoliyatida bilish yagona maqsad emas, balki boshqa turdagi faoliyatni ta’minlash vositasidir.
Ikkinchidan, jinoyatni tergov qilish faoliyati jinoyat sodir etilganidan so‘ng boshlanadi. Demak, bilish faoliyatining ushbu turida bevosita bilishning o‘zi unchalik katta o‘ringa ega emas. Faktlarning asosiy ko‘pchiligi bilvosita, ya’ni boshqa shaxslar (jabrlanuvchilar, guvoh- lar)ning ko‘rsatmalari orqali bilinadi.
Uchinchidan, maqsad sodir etilgan jinoiy hodisaning fikriy modelini yaratish bo‘lsa-da, bilish hozirga ham, kelajakka ham qaratilgan bo‘ladi.
To‘rtinchidan, axborotning juda katta oqimi ma’lumotlarni tanlashni taqozo etadi, ya’ni muayyan jinoyatga bevosita aloqador ma’lumotlarni ajratib olishni talab etadi.
Beshinchidan, axborotning kelib tushishiga juda katta o‘zgar- uvchanlik xos. Jinoiy hodisaga oid xabarlar doimiy ravishda o‘zgarib va to‘ldirilib turiladi. Ko‘pincha axborotni qayta olib bo‘lmaydi yoki u
mavjud ma’lumotlarga zid keladi, bu esa ushbu axborotni qat’iy tarzda qayd etishni taqozo etadi.
Nihoyat, protsessual tartibning mavjudligi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi bilishning o‘zi huquqni ichki ishlar organlar faoliyatning quyidagi maqsadlaridan kelib chiqadigan muayyan protsessual shaklda yuz beradi: ish bo‘yicha xolis haqiqatni va aybdorlarni subyektivizmni inkor etgan holda aniqlash va hokazo.
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan va bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Ichki ishlar organlari xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlantiriladi.



    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin