Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə42/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



    1. Kasbiy muomala ichki ishlar organlari faoliyatida qanday ahamiyatga ega?

    2. Muloqotning qanday turlari mavjud?

    3. Muloqotning psixologik vazifalari nimalardan iborat?

    4. Verbal muloqotning ko‘rinishlarini tushuntirib bering.

    5. Noverbal muloqotning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?

    6. Mimika va pantomimika nima?

    7. Muloqot jarayonida qanday psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin?

    8. Psixologik aloqa o‘rnatish qanday bosqichlardan iborat?





  1. bob.

ICHKI ISHLAR IDORALARI FAOLIYATIDA
«ZIDDIYATLAR» TUSHUNCHASI VA ULARNI HAL ETISH YO‘LLARI


  1. Psixologiya fanida «ziddiyat» tushunchasi va uning turlari


Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida odamlar orasida o‘zaro kelishmovchiliklar, ziddiyat va nizolar mavjud bo‘lib kelgan. Chunki har qanday taraqqiyotning asosida qarama-qarshilik va ziddiyat yotadi. Shaxs jamiyat taraqqiyotini amalga oshiruvchi asosiy kuch va vosita hisoblanib, jamiyat va tabiatni o‘ziga moslashtirish barobarida, undagi ba’zi holatlarni taqiqlash bilan ham shug‘ullanadi. Shuning uchun ham nizo va ziddiyat jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari hisoblanadi.
Ziddiyat insoniyat paydo bo‘lgan davrdanoq mavjud bo‘lib, uni ilmiy tadqiqot predmeti sifatida o‘rganish borasidagi ilk qarashlar ham o‘z tarixiga ega. Hayot tarzi, mehnat faoliyati, shaxslararo munosabat muhitining o‘zgarayotganligi ziddiyatlarning ham o‘ziga xos tomonlari mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Ziddiyat, nizo haqidagi dastlabki konsepsiyalar XIX–XX asrlarda vujudga kelib, uning yechimlarini topish yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar o‘tgan asrning oxirlarida bir qadar salmoqli bo‘ldi.
Bugungi kunda psixologiya va ijtimoiy psixologiyada V. O. Ageyev,
A. A. Bodalev, V. I. Juravlev, N. N. Obozov, I. A. Kox, Y. A. Ansupov,
A. I. Shipilov, F. M. Borodkin, A. K. Zaysev, A. G. Zdravomislov va boshqalarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritilgan.
Bu muammoni o‘rganishda dastlab «ziddiyat» va «nizo» tushuncha- larining etimologiyasi, ya’ni ularning mazmun-mohiyatini ochish kerak bo‘ladi. Xo‘sh nizo va ziddiyat nima?
Nizo lotincha «konflikt» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘qnashish», ya’ni maqsad, qiziqish, nuqtai nazar, fikrlar, kishilarning o‘zaro
ta’sirlashuvidagi qarama-qarshi yo‘nalishlar borasida to‘qnashishlaridan iborat1.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin