Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə50/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kelib chiqishiga ko‘ra tartibsiz ravishda yuzaga keladigan yoki atayin o‘ylab topiladigan mish-mishlar bo‘ladi. Oraliq turlari ham bo‘lishi mumkin. Ba’zan mish-mish o‘z-o‘zidan yuzaga keladi, ammo muayyan zaminga tushgach, axborotni o‘z manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirishga tayyor, uning tarqalishidan manfaatdor shaxslar topiladi. Dastlab mish-mish atayin tarqatilgan, ammo stixiyali ravishda amal qiluvchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlarga tushib, ular tufayli ko‘p bora kuchaygan hollar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, dushmanlarning mamlakatimizga qaratilgan radio eshittirishlarida mavjud bo‘lgan ba’zi mish-mishlarni siyosiy va axloqiy jihatdan yetarlicha yetuk bo‘lmagan odamlar eshitib, o‘z harakatlarining oqibatlarini o‘ylamay uni yana tarqatgan hollarda ana shunday bo‘ladi.
Odamlar ongiga ta’sir kuchiga ko‘ra mish-mishlar quyidagi turlarga bo‘linadi. Ijtimoiy fikrni qo‘zg‘atuvchi, ammo aniq ko‘rinib turgan g‘ayriijtimoiy xulq sohasiga kirmaydigan mish-mishlar; aholining muay- yan qismida g‘ayriijtimoiy xulqni keltirib chiqaradigan mish-mishlar; odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni buzuvchi va jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishga (masalan, stadionlardagi tartibsizliklar, tabiiy ofat sharoitidagi sarosimalar va boshqalarga) aylanuvchi mish-mishlar mav- juddir.
Mish-mishlar muayyan p s i x o l o g i k sharoitlar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Ushbu sharoitlarni tushunish uchun taniqli olim
P. V. Simonov his-hayajonlar (emotsiyalar) axborot nazariyasiga qiziqish uyg‘otadi2, degan fikrni bayon qilgan.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, vaqtning har bir muayyan daqiqasida dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun inson aniq harakatlar sodir etishi kerak. Lekin u doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtimolli muhitda harakat qilgani bois, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun unga ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi narsalar va shart-sharoitlar haqidagi axborot kerak bo‘ladi. Ehtiyoj qanchalik keskin bo‘lsa, insonning zarur axborotni izlashga qaratilgan faoliyati ham shunchalik jadal bo‘ladi. Agar inson xatti-harakati (xulqi)ni tashkil qilish uchun yetarli axborotga



1 Qarang: Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. ред. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 168–190.
2 Qarang: Симонов П. В. Что такое эмоции. – М., 1966. – С 57.
ega bo‘lsa, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) amalda yuzaga kelmaydi, yuzaga kelsa ham juda sust ko‘rinishga ega bo‘ladi. P. V. Simonovning yozishicha, agar raqibni yengish usullari yaxshi ma’lum bo‘lsa va unga qarshi kurashayotganlar ana shu usullarni bilsalar, g‘azabning keragi yo‘q; himoya vositalari mavjud bo‘lsa va samaradorligi shubha uyg‘otmasa, tashvish va qo‘rquv uchun sabab yo‘q. Inson tasarrufidagi axborotning yetarli emasligi natijasida aniq vaziyatlarda salbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Axborotga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish uchun zarur deb bashorat qilinayotgan hajmdan ortib ketganida insonni ijobiy hissiyotlar chulg‘ab oladi.
P. V. Simonov matematik simvollardan foydalanib quyidagi ifodani keltiradi:

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin