Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə47/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ziddiyat turlari

Ziddiyatning sabablari

Ziddiyat
ishtirok- chilari

Ziddiyatning oqibatlari



Shaxsning ichki ziddiyat- lari

Topshiriqlarning ko‘payib ketishi, ortiqcha ruhiy charchoq, taqdirlash va jazolash o‘rtasida muvozanatning ta’minlanmaganligi

Xodimning o‘zi

Ruhiy zo‘riqish, faollikning susayishi, jazavaga tushish, tajovuzkor-likning ortishi, muomala me’yorlar-ning
buzilishi



Guruh ichdagi va shaxs- lararo ziddiyat- lar

Jamoadagi xodimlar-ning qiziqish va manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar, qobiliyat va mehnatning faoliyat natijasiga ko‘ra baho-lanmasligi, rag‘bat- lantirishning yetarlicha emasligi, xodimlarning shaxsiy fazilatlari mos
kelmasligi va boshqalar



Jamoadagi boshliq bilan xodimlar, xodim- xodim, boshliq- boshliq.

Jamoadagi jipslik, hamkorlikning, mas’uliyatning yo‘qolishi, shaxsiy adovatning o‘sishi va boshqalar





Guruh- lararo ziddiyat

Jamoada guruhlarning paydo bo‘lishi, tarafkashlik, mahalliychilik, etnik jihatdan tafovutlanishning ortishi



Jamoa ichidagi guruhlar

Keskin va siyosiy tus olishi, jamoaning bo‘linib ketishi va xodimlar o‘rtasida jamoaviy adovatni
keltirib chiqarishi.

Ichki ishlar idoralari jamoalaridagi ziddiyatlarni bartaraf etishda psixologik bilimlarning o‘rnini beqiyosdir. Bu xususda keyingi paragrafda batafsil to‘xtalsak-da, ammo shu o‘rinda ayrim tavsiyalarni ham keltirib o‘tamiz.
Guruh ichidagi va guruhlararo munosabatlarda ziddiyatlarni bartaraf etish, barqaror muhitni yaratish nizolarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun jamoa boshliqlari quyidagi holatlarni inobatga olishlari maqsadga muvofiq:

  • xodimlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish;

  • mehnatni to‘g‘ri tashkil etish;

  • boshliq bilan xodim o‘rtasidagi munosabat xususiyatlarini farqlay olish;

  • jamoaning har bir a’zosining burch va majburiyatlarini yaxshi bilishi;

  • ishda qat’iy intizomni yaratish;

  • har xil salbiy psixologik hodisalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik (mish-mish, g‘iybat, anonim holatlar).

Har qanday kasbiy faoliyat kundalik muomala jarayonidan iborat. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar rasmiy- ma’muriy qurilganligi bois nizoli vaziyatlar uchun shart-sharoitning namoyon bo‘lishi anchagina qulaydir. Berilgan buyruqni bajarish, boshliq bilan munosabatda nizoli holatlarning oldini olishga shay turish, jazolashning murakkab ko‘rinish olishi xodimlarda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Agar ichki ishlar idoralarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasidagi munosabat ma’muriy ko‘rinish bilan hamkorlikda ishlash ko‘rinishini olgan sharoitlarda rahbar bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarda subordinatsiya saqlangan taqdirda ham o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshliq-xodim, xodim-boshliq, xodim-xodim munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish nizoli holatlarning oldini olish va bartaraf etishning asosiy shartlaridan biri sanaladi. Bu esa munosabat ishtirokchilaridan odamlar bilan muomalaga kirishish malakasini talab etadi. Psixologiyada shaxslararo munosabat o‘rnatish texnologiyasi yetarlicha ishlangan bo‘lib, bu borada xodimlar ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak, Xorijiy psixologik tajribalar nizoli vaziyatlarni hal etishda emotsional ko‘rinishdagi shart-sharoitlarni yaratish kerakligini uqtiradi.
Ichki ishlar idoralari jamoasida boshliqdan shaxsning individual xususiyatlarini farqlay olishi, ularning kechinmalari va qobiliyatlarini sezish layoqatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ko‘pchilik ziddiyatlar boshliqning jamoa a’zolari bilan nizolashishiga sabab bo‘lib qolmoqda.
Muomalaga kirishimlilikni ta’minlashda, aloqa o‘rnatishda quyidagi prinsiplarni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.

  1. bosqich – psixologik to‘siqlarni bartaraf etish;

  2. bosqich – mos keluvchi qiziqish va manfaatlarni topish;

  3. bosqich – muomala prinsiplarini aniqlash;

  4. bosqich – muomala uchun xavfli sifatlarni ajrata olish;

  5. bosqich – muomalada sherigiga moslashish va psixologik aloqa o‘rnatish.

Prinsiplardan foydalanish bosqichlariga amal qilish hamsuhbatga
ta’sir ko‘rsatishning va nizolarga shart-sharoit tug‘dirmaslikning eng yaxshi vositasiga aylanadi.
Ziddiyatning nafaqat nazariy tomonlarini, shuningdek, uning amaliy tomonlarini ham, yechimini ham bilish kerak. Bu huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari faoliyatidagi juda ham zarur va dolzarb muammomdir, bu dolzarblik uni o‘rganishimizga sabab bo‘ladi.
Ziddiyatni yechish metodikasi amaliyotga hech qanday ta’sir qilmasligi kerak. Umuman, jamoada ziddiyat chiqmasligida rahbarning o‘rni beqiyosdir, rahbar asabiylashmasligi, boshqacha qilib aytganda, ziddiyatni yechishda bardoshli bo‘lishi kerak.
Ziddiyatni yechishning ijobiy (pedagogik) va ma’muriy (salbiy) yo‘llari mavjud. Birinchisida kishilarning yaxshi ishlashlari uchun sharoit yaratilsa, ikkinchisida ziddiyatni yuzaga keltirgan shaxslar jazolanadi.
Pedagogik-psixologik ta’sir etishning asosiy usullaridan biri ishon- tirish usulidir. Bu usul jamoa murojaat qilganida qo‘llaniladi. Ziddi- yatning barcha turlari jamoa faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning sabablarini aniqlash, uni yechish yo‘llarini izlash, aybdorlarni jazolash hamma-hammasi vaqt talab qiladi. Umuman olganda, ma’muriy jazolash hech iloji bo‘lmagan hollarda qo‘llanishi kerak.
Ziddiyatni yechishning asosiy usullaridan tashqari, quyidagi qo‘shimcha yo‘llari ham mavjud:

  1. ziddiyatni umuman yo‘q qilish (bo‘shatish, bir ishdan ikkinchi ishga olib qo‘yish);

  2. ziddiyatlashgan tomonlardan biri yutadi, ikkinchisi yutqazadi, yutqazgan uni tan olishi;

  3. ziddiyatda ikki tomondan biri ikkinchisiga yo‘l berishi;

  4. ziddiyatning asta-sekinlik bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolishi;

  5. ziddiyatlashgan kishilardan biri ikkinchisining talabini qondirish;

  6. ziddiyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarning oldini olish;

  7. tomonlarni ishontirish (bir-birga) yo‘li bilan yarashtirib qo‘yish.

Ziddiyatni yechish qiyin ijtimoiy psixologik muammo bo‘lib, u keltirib chiqargan tomonlarning ikkalasi ham o‘zlaricha ruhiy tomondan haqdirlar.
Ziddiyatning oldini olish va yechishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

    • ziddiyatni bartaraf etishda avval ziddiyatlarning kelib chiqish sharoitlarini to‘g‘ri baholash;

    • ziddiyatning kelib chiqishga shart-sharoit yaratib bermaslik;

    • ziddiyatning o‘zagini aniqlash, ziddiyatning eng yuqori nuqtasida shaxsiy o‘zaro kelishishlarni topish;

    • ziddiyatning subyektiv sabablarini aniqlash;

    • subyektlar tomonidan ziddiyatning yo‘nalishini aniqlash.

    • ziddiyat qatnashchilarining hamma fikrlarini eshitish, shoshma- shosharlik bilan xulosa chiqarib qo‘ymaslik, asosiy diqqatni ziddiyat predmetiga qaratish;

    • ziddiyatni yechishda eng maqbul yo‘l izlash.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, ziddiyat borasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  1. ziddiyat psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda o‘ta murakkab nazariy va amaliy muammodir;

  2. ziddiyatni ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ikkiga bo‘lamiz: qarama-qarshilik va qarama-qarshi kurashlar;

  3. ziddiyat o‘zining tuzilishi va dinamikasiga ega;

  4. ziddiyatni keltirib chiqaruvchi obyektiv va subyektiv sabablar mavjud;

  5. ziddiyatni yechishda asosan pedagogik va ma’muriy usullar qo‘llaniladi.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin