Ziddiyat ijtimoiy-psixologik muammo bo‘lib, konfliktologiyaning asosiy tushunchalaridan biridir. Ziddiyat muhokama yuritishda, matnda, nazariyada va umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning mavjudligi va ular o‘rtasidagi munosabatlar. U obyektiv olamning va bilishning o‘z-o‘zidan harakati va taraqqiyotida namoyon bo‘ladi2. Fan tarixida dastlabki ziddiyatlar konsepsiyasi Geraklitga taalluqlidir, ya’ni «abadiy vujudga kelish» faqat ziddiyatlarning birligi sifatidagina mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, «ziddiyat» tushunchasi «nizo» tushunchasiga qaraganda kengroq ma’noni kasb etib, o‘zida hodisa, voqea, jarayon, narsa va predmetlar hamda insonlar fikri o‘rtasidagi o‘zaro nomutanosiblikni, ya’ni qarama-qarshilikni aks ettiradi.
Nizo esa o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik orqasida tug‘ilgan holat, munosabat, ixtilof3.
Nizo jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‘rtasidagi antoganizm, u ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisi, ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi yuz berishi, ikkinchisi, o‘zaro kurashga faol jalb etilishi. Manfaatlar zidligi har doim ham ochiq kurashga olib kelavermaydi4.
Ziddiyatlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish ichki ishlar organi xodimlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat faoliyatida maishiy ziddiyatlardan tortib, to jinoyatchilar o‘rtasidagi ziddiyatlargacha duch keladilar. Shuning uchun ular ziddiyatli holatlarda sharoitdan tez chiqib ketishi, chiqqanda ham to‘g‘ri yo‘l topishi, ziddiyatni yechishi shart, chunki ziddiyat yo ijobiy, yo salbiy natija bilan tugaydi.
Ziddiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. Ziddiyat keng va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’nodagi ziddiyat jamiyatdagi yangi va eski qarashlar o‘rtasidagi kurashdir. Tor ma’nodagi ziddiyat bir muammoni yechishda har bir shaxsning o‘z fikrini qattiq turib himoya
1 Qarang: ГришинаН.В. Психология конфликта. – СПб., 2000. – С. 464.
2 Qarang: Ўзбектилинингизоҳлилуғати. Т.2. – Т., 2006. – Б. 147.
3 Qarang: Ўзбектилинингизоҳлилуғати.Т.3. – Т., 2006.
4 Qarang: ЭнтониГидденс.Социология. –Т., 2002.
qilishida yuzaga keladi. Masalan, har bir yangilik yaratilgunga qadar va yaratilgandan keyin ham ma’lum vaqt ziddiyatlarga uchraydi.
Ziddiyat ijtimoiy psixologiyada muomalaning buzilishi yoki psixologik jihatdan ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Umuman olganda, ziddiyat insonlar o‘rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda vujudga keladigan holat, lekin har qanday qarshilik ziddiyat bo‘lavermaydi. Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi, tortishishi mumkin, har biri o‘z fikrida qoladi va baribir ko‘p hollarda kelishib ishlashga majbur bo‘ladilar. Qarama-qarshilik, ba’zan yoqtirmaslik, salbiy emotsiya, tushunmaslik, ko‘ra olmaslik va boshqa sabablar ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ziddiyat nafaqat qarama- qarshilik, shuningdek, o‘ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda o‘zlarini haq deb bilishadi va o‘z qarashlari uchun kurashadilar. Ziddiyat qarama-qarshiliklar negizida yuzaga keladi, uni albatta hal qilish kerak, chunki busiz hayot me’yorda davom etmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganlarni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan
«ziddiyat» tushunchasini quyidagicha tavsiflash mumkin. Ziddiyat shaxslar o‘rtasidagi qarashlar, qiziqishlar, qarama-qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan psixologik holat bo‘lib, shaxslarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladi. Ziddiyat bor joyda rivojlanish bor, ayni paytda, ma’lum ma’noda orqaga qaytish ham kuzatiladi.
Umuman olganda, ziddiyat shaxslarning psixologik tuzilishga bog‘liq bo‘lsa-da, ammo hayotning o‘zi ziddiyatsiz bo‘lishi mumkin emas.
Ziddiyatlarni baholash va tahlil etish ularni turlariga ko‘ra guruhlash va tizimlashtirishni taqozo etadi.
Sotsiologlar ziddiyatlarning makro yoki mikro darajasiga, asosiy tiplariga, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-etnik, siyosiy tabiatiga e’tibor beradilar. Huquqshunoslar esa ichki va tashqi tizimli ziddiyatlar, ularning namoyon bo‘lish sohasi, shuningdek, maishiy-oilaviy, madaniy va ijtimoiy mehnat hamda bozor iqtisodiyoti jarayonida keng xo‘jalik yo‘nalishidagi moliyaviy va mulkiy nizolarga ajratadilar.
Boshqaruvda ziddiyatlarni tasniflash nizoning elementlari, xususiy holatlari, ularning o‘ziga xos namoyon bo‘lish sabablariga, nizoli vaziyatga, motivlariga, qiziqishlarga alohida shaxsning faoliyati, ijtimoiy guruh (jamoa) va jamiyat maqsadlariga tayanib amalga oshiriladi.
Ziddiyatlarni ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lish shakliga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
iqtisodiy ziddiyatlar (insonlarning moddiy iqtisodiy faoliyati doirasida vujudga keladi);
ijtimoiy ziddiyatlar (sotsial guruhlarning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi);
sinfiy ziddiyatlar (ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi tafovut asosiy nizo manbai);
siyosiy ziddiyatlar (ma’lum guruhlarning manfaatlari doirasidagi kurash);
mafkuraviy ziddiyatlar (dunyoqarashlar o‘rtasidagi tavofutlar asosida vujudga keladi);
madaniy ziddiyatlar (turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi to‘qna- shuvlar jarayonida vujudga keladi);
aksiologik ziddiyatlar (qarama-qarshi qadriyatlarga ega har xil guruhlarni boshqarish oqibati tarzida);
pozitsiyali ziddiyatlar (tashkiliy munosabatlar tuzilishidagi o‘rniga qarab farq qiluvchi manfaatlari bir-biriga zid ijtimoiy guruh yoki shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi nizolar).
Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning turli vaziyatlariga qarab, nizolarni ketirib chiqaruvchi sabablarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
mehnat jarayonidagi;
shaxslararo munosabatlardagi psixologik xususiyatlar, simpatiya va antipatiya, madaniy va etnik tafovutlar, rahbarning yomon kommunikatsiyaga egaligi va boshqalar;
guruh a’zolarining o‘ziga xosligi, masalan, emotsional holatlarini boshqara olish uquviga ega emasligi, agressivligi, kommunikabellik va taktning yetishmasligi.
Ziddiyatning o‘ziga xos xususiyati buzish va buzilish xarakteriga egaligidir. Ziddiyatli holat jamoaning buzilishiga, undagi ijtimoiy- psixologik sharoitning yomonlashuviga olib keladi. Ziddiyatli holatni hal qilish uchun uning tuzilishini o‘rganib chiqish kerak.