Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə44/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ziddiyatning tuzilishi



  1. Ziddiyat dinamikasi

    Ziddiyat qatnashchilari, uning kelib chiqish sabablari va sababchilari
    Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida ziddiyatlarning paydo bo‘lish sabablari


Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida ham ziddiyatli holatlarni kuzatish mumkin. Ushbu holatlar ma’lum bir nosog‘lom psixologik muhit, masalan xodimlarning biri-birlari yoki rahbarlar bilan o‘zaro kelisha olmasligi asosida yuzaga kelishish mumkin. Shu ma’noda ziddiyatli harakatlarning ham o‘z diapazoni bor, ba’zi ziddiyatli holatlarda shaxs raqibini yengish uchun hamma imkoniyatini ishga soladi, xizmatdagi shaxslarni aralashtiradi, o‘zlarining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Ziddiyatli vaziyat esa ijtimoiy psixologik muhitni yuzaga keltiradi


Ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan qaraganda ziddiyatning yuzaga kelishida shaxslarining alohida qarashlari, shaxslararo va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar sabab bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik yo‘nalishda (aspektda) ziddiyat har xil sabab bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, maqsad, dunyoqarash to‘g‘ri kelmaydi, natijada antipatiya yuzaga keladi.
Birinchi bosqich – ziddiyatning yuzaga kelishigacha bo‘lgan holat va ziddiyatning yuzaga kelishida ichki qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lish davri. Bu bosqichda ikkala tomonda ham ichki ruhiy kuch yig‘ilib boradi va ular buni bir-birlariga bildirmaydilar.
Ikkinchi bosqich – ziddiyatning qaror topishida tashqi ta’sir kuchlari maydonga chiqadi. Bu davrada ziddiyatni ikkala tomon ham biladi, lekin ular ongli, aqlli harakat qilishadi. Har xil ma’lumotlar yig‘ilgan sari ziddiyat kuchayib boradi va bu ularning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchi bosqichda ikkala tomon ham ochiq kurashga o‘tib oladi, ikkalasidan biri xayrixohlik bildirsa, ziddiyat ma’lum ma’noda yumshaydi, ammo ma’lum vaqtgacha ichki ruhiy ziddiyat saqlanib qoladi. Agar har ikki tomon ham xayrixohlik bildirmasa, u holda psixologik portlash yuzaga keladi va ikkalasidan birortasi g‘alaba qozongunga qadar kurash davom etadi. Bu bosqichda ham ikki tomon hamma imkoniyatlarini ishga soladi.
To‘rtinchi bosqichda bir-birlarining harakatlarini tahlil qilib norasmiy baholaydi. Agar ulardagi qiziqish bir-biriga to‘g‘ri kelsa, o‘rtadagi ziddiyat susayadi va vaziyatdan chiqsa bo‘ladi.
Beshinchi bosqich – o‘tib ketadigan, turg‘un holat. Bu bosqichda jarayon o‘tib ketgandan keyin unga rasmiy va norasmiy baho beriladi. Bo‘lib o‘tgan voqealarini eslashda tomonlar o‘zlarida noxush holatni sezishadi.
Oltinchi bosqich – tamoman yangi psixologik holat bo‘lib, ziddiyat rivojining nihoyasida, ya’ni jazo qo‘llanilganidan keyin ishtirok- chilarning jamoadagi mavqei o‘zgarishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Bu davrda ijobiylik yuzaga keladi, faqat haqiqatni yuzaga chiqarish uchun harakat qilinadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida uchraydigan ziddiyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. mazmuniga ko‘ra;

  2. chuqurlashganligi va o‘tkirligiga qarab;

  3. davomiyligiga ko‘ra (qancha vaqt davom etadi);

  4. ijtimoiy holatiga qarab;

  5. izohlashning shakliga qarab.

Ziddiyatda kishilarning axloqiy sifatlari, shart-sharoitlar hisobga olinadi. Xodim ba’zi shaxslar yoki rahbarlarning tartib-qoidalarini, haqoratlarini ko‘tara olmaydi, natijada ziddiyat kelib chiqadi.
Ziddiyat xodimning o‘zini o‘zi baholashi, shuningdek, uni boshqalar, ya’ni boshliq yoki jamoatchilik tomonidan baholanishi. Inson hamisha o‘zini o‘zi yuqori baholashga harakat qiladi, rahbar tomonidan ba’zi salbiy tomonlari (kamchiliklari) aytilsa, ular o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Agar shaxs o‘z imkoniyatlarini ko‘proq baholasa, bunday holatda ham ziddiyat yuzaga keladi.
Ichki ishlar idoralarida ziddiyatni yuzaga keltiruvchi bir qancha omillar mavjud:

  1. rahbar tomonidan xodimga berilgan baho bilan xodimning o‘ziga o‘zi bergan bahosi o‘rtasidagi tafovut.

  2. rahbar va jamoatchilik tomonidan baholashning to‘g‘ri kel- masligi;

  3. shaxsning o‘zini o‘zi baholashi bilan uni jamoatchilik tomonidan baholanishining to‘g‘ri kelmasligi;

  4. shaxsning boshqalar tomonidan baholanishi. Ziddiyat oddiy va o‘tkir (chuqur) ziddiyatga bo‘linadi;

Oddiy ziddiyat yomon psixologik vaziyatda yuzaga keladi, inson o‘zini tushuntira olmay qoladi, bunday holatda ko‘pincha kayfiyati yo‘q, deb tushuntiriladi.
O‘tkir ziddiyatda shaxs yuqori emotsional, o‘zini boshqara bilmaslik, muloqotdagi qo‘polligi bilan ajralib turadi. Eng qizig‘i, bu shaxslar tabiatida qo‘rqitish asosiy o‘rinni egallaydi. Bu ziddiyatda, nima bo‘lishidan qat’i nazar, raqibni mag‘lubiyatga uchratish muhim hisoblanadi.
Ziddiyat qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi.
Qisqa muddatli ziddiyat ma’lum vaqt – uch kungacha davom etadi, uzoq muddatli ziddiyat bir yoki bir necha yilga cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli ziddiyat maishiy xarakterda bo‘lib, ularning 70% 6 oygacha davom etadi.
Ziddiyat ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra arzigulik yoki arzimas bo‘ladi. Agar ziddiyat ataylab qilinsa va jamoatchilikka qarshi bo‘lsa, bu arzigulik ziddiyatdir. Arzimas ziddiyat masalaning mohiyatiga chuqur tushunmaslik oqibatida kelib chiqadi. Buni shunday izohlash mumkin: shaxs xarakteridagi kamchiliklarni tushunsa va ularni to‘g‘rilashga harakat qilsa, bu arzimaydigan ziddiyat deyiladi. Masalan, shaxs bilmasdan ikkinchi bir shaxsning oyog‘ini bosib olsa yoki turtib yuborsa, ikkinchi shaxsning bundan jahli chiqsa va oyog‘ini bosgan odam undan kechirim so‘rasa, bunday ziddiyat qisqa muddatli bo‘lib arzimas hisoblanadi.
Ziddiyat o‘zi ko‘rinishga ko‘ra, ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq ziddiyatda hamma ushbu holatni bilishadi, ziddiyatlashgan tomonlar esa bir-biridan o‘z niyatlarini yashiradi, lekin kerak vaqtda o‘z qarashlarini oshkor qiladilar.
Ziddiyatni yuzaga keltiruvchi obyektiv va subyektiv sabablar mavjud.
Obyektiv sabablarga ishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, normativ hujjatlarning mukammal emasligi, xizmatdagi (ishdagi) qiyin sharoitlar, qarashlarning to‘g‘ri kelmasligi va hokazolar kiradi.
Subyektiv sabablar shaxsning o‘ziga xosligi, madaniyatning pastligi, tarbiyaning yetishmasligi, shaxs xarakteridagi kamchilik, o‘ziga yuqori baho berish, psixologik jihatdan tomonlarining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, jamoaning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq holatlar, psixologik sharoitlarni noqulayligi, salbiy ko‘rinishga ega bo‘lgan kichik guruhlar, salbiy emotsial guruhlar va hokazolarni qamrab oladi.
Ishlab chiqarishdagi kamchiliklarga mehnat jamoasida mehnatni taqsimlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishdagi tengsizliklar kiradi. Odamlarni mutaxassisligiga qarab joylashtirmaslik ham boshqarish-
dagi kamchilik bo‘lib, psixologik jihatdan jamoadagi muhitni buzadi.
Jamoadagi kishilar (guruhlar) orasida ham kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin.
Ziddiyatni tasniflash xususiyatlariga asoslanib ajratiladi. To‘q- nashish darajasi va shakliga ko‘ra ziddiyatlarni ochiq (munozara- tortishuv, janjal va boshqalar) va yopiq turdagi (asl maqsadlarni yashirib, zimdan ta’sir o‘tkazish); tasodifiy paydo bo‘lib qoluvchi (stixiyali) va oldindan rejalashtirilgan nizolarga ajratish mumkin.
Ziddiyatlar kommunikativ jihatdan yo‘nalganligi, bir-biriga bog‘liq yoki tobeligiga qarab gorizontal vertikal nizolarga ajratiladi. Bo‘ysunish va bo‘ysunmaslik munosabatiga muvofiq aralash turda ham bo‘lishi mumkin. Asosiy ziddiyat vertikal yo‘nalish olib, unda («yuqoridan quyiga yoki quyi- dan yuqoriga») nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida ancha tafovutlar va tengsizlik hukmronlik qiladi (masalan, rahbar bilan xodim, ish beruvchi bilan ishchi). Bunday holatlarda ularning kuchlari (status) bir xilda bo‘lmaydi.
Masshtabi va davomiyligiga ko‘ra ziddiyatlar o‘zida tashkilotning bir qism xodimlari, biror-bir mintaqa yoki alohida olingan tarmoqdagi, shuningdek, tashkilotning butun xodimlari, xalq xo‘jaligining ma’lum tarmoqdagi ishchilari nizoga ishtirok etishiga ko‘ra lokal nizoga ajratiladi. Odatda bunday nizolar tashkilotdagi yetishmovchiliklar tufayli fikr va qarashlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, xavfsizlik, mehnat shartnomalarini bajarish va boshqa turdagi jamoa shartnomalari, ish haqi va mehnat sharoitlari tufayli vujudga kelishi kuzatiladi.
Ziddiyatlar hal etilish va boshqarilish usuliga ko‘ra yon bermaslik va tan olmaslik oqibatida yuz beruvchi antogonistik hamda manfaat,
maqsad, qarashlarni yaqinlashtirish, fikrlar xilma-xilligini bartaraf etish maqsadida yo‘l qo‘yiladigan kompromistik (murosasozlikka) turlarga ajratiladi.
Ziddiyatlarni bunday turlarga ajratish shartli bo‘lib, ularning turlanishi o‘rtasida keskin chegara qo‘yish mavjud emas, ammo amaliyotda nizolar tashkiliy, vertikal, shaxslararo, gorizontal, ochiq, guruhlararo va boshqalar tarzda vujudga keladi.
Ziddiyatlar to‘g‘risidagi odatiy tasavvurlar maxsus tadqiqotlar yordamida salbiy xususiyatga ega ekanligi tasdiqlanadi. M.Doychning ishlarida ziddiyatlar nazariy jihatdan tahlil qilinib, ular destruktiv va produktiv turlarga ajratiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin