Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə45/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Destruktiv ziddiyatni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo o‘zaro ta’sirlashuvda xilma-xillikni ko‘rsatadi va fikrlar toptalishiga olib keladi. Destruktiv ziddiyat ko‘pincha sababga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsning stressga tushishiga olib keladi. Uning o‘ziga xos belgilar nizo sodir bo‘lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy qarashlarga egaliklari va bildirilayotgan fikrlarning keskinligida ifodalanadi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning xislatlarini, o‘zaro ta’sirlashuv vaziyatlarini noto‘g‘ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o‘ta ortib ketish nazarda tutiladi. Bu turdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo‘lib, yagona yo‘li ancha qiyinchilik bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.
Produktiv ziddiyatni muammo va uni yechish yuzasidan nuqtai nazarlardagi tafovutlar va shaxslar o‘rtasidagi hamjihatlikning yo‘qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni atroflicha tushunishni, sheriklar motivatsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini taqozo etadi.
Bundan tashqari, M.Doych ziddiyatni olti turga bo‘ladi va jinoyatni ochishda nafaqat uning metodologiyasi, shuningdek, amaliy roli ham muhimligini ta’kidlaydi.

  1. haqiqiy ziddiyat;

  2. tasodifiy ziddiyat;

  3. bilmay aralashib qolgan ziddiyat;

  4. noto‘g‘ri talqin qilingan ziddiyat;

  5. yopiq holatdagi ziddiyat;

  6. yolg‘on ziddiyat.

Ziddiyat obyektiga unda ishtirok etuvchilar tomonidan qo‘lga kiritishga qaratilgan yaqqol moddiy yoki ma’naviy qadriyatlar kiradi. Ziddiyat subyekti sifatida qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni, qiziqish va ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tashkilot xodimlari xizmat qiladi.
  1. Ichki ishlar organlar xodimlari faoliyatida ziddiyatlarni bartaraf etish yo‘llari


Hozirgi kunda jamoada muvaffaqiyatga erishish rahbariyat va xodimlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish asosida ma’naviy-axloqiy muhit yaratishni taqozo etmoqda.
Ichki ishlar idoralari jamoalarida har bir xodim ijtimoiy psixologik muhit yaxshi bo‘lishiga mas’ul va majbur sanaladi. Faqat shunday sharoitdagina qo‘yilgan muammolar maqsadga muvofiq, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi va shaxsning shakllanishi me’yorda kechishi ta’minlanadi.
Ammo ichki ishlar idoralari jamoalarida ham ba’zi yuqoridagi kabi nizoli holatlar ro‘y berib turadi.
Nizolarning salbiy oqibatlarini bartaraf hal etish ularni atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoani yaratish o‘zaro iliq ijtimoiy psixologik muhitni yaratish orqali erishish mumkin.
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish jamoadagi psixologik muhitni yaxshilashga, hamkorlikda ishlash samaradorligini ta’minlashga qaratilmoqda.
Ichki ishlar idoralari jamoalaridagi nizolarning mohiyatini yoritishdan oldin, ularning o‘ziga xos ikki jihatini inobatga olish kerak bo‘ladi. Birinchisi, nizo va ikkinchisi, nizoli vaziyatdir. Psixologik adabiyotlar tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyatni ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish muhimdir:

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin