Kasbiy psixologiya


Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə41/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari


Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi ushbu jarayonda insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan axbo- rotni muloqot jarayonida to‘liq berish, uning to‘g‘ri qabul qilinganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini faollashtiradi.
Har bir muloqotda bir necha maqsad ko‘zda tutilishi mumkin. Masalan, tergovchi shaxsning voqealarga aloqadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan holda dalillarni yana bir marotaba tekshirib ko‘rish, o‘zidagi mavjud dalillarni boyitish maqsadini ko‘zlashi mumkin. Muloqot doimo inson tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs janjalkash bo‘lishi mumkin, janjal ziddiyatlar natijasida yuzaga keladi. Bunda shaxsning ziddiyatni keltirib chiqaradigan holatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimi odamlar bilan muloqot qilishi uchun chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.

  • notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirishish, ularga ma’qul bo‘lish;

  • boshqa shaxslarning gapini eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish;

  • odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish;




1 Qarang: Асямов С. В. Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим- ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 75–80.

  • muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etish va hokazo. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kommunikativ faoliyati maxsus jihatlarga ega bo‘lib, u bir qator psixologik xususiyatlarni, birinchidan, ichki muloqotning o‘ziga xos tomonlarini, ikkinchidan, uning qiyinligini

ko‘rsatadi.
Ushbu muloqotning muhim xususiyati uning kasbiy yo‘nal- ganligidir. Zero, xodimlar jinoyat qilgan shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochishga harakat qilsalar, jinoyatchilar, aksincha, jinoyatni yashirishga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutilishga intiladilar.
Tergovchi protsessual qonunlar doirasida harakat qiladi, ya’ni jinoyatchi shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan muloqot qilishga majbur.
Muloqot jarayonida obyektning o‘ziga xos tomonlari borligini ham hisobga olish lozim. Shuni aytish joizki, ko‘p holatlarda jinoyatchi shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilar bo‘ladilar. Natijada muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar paydo bo‘lib, ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keltiriladi.
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin:

  1. motivatsion to‘siqlar;

  2. aqliy to‘siqlar (intellektual);

  3. emotsional to‘siqlar;

  4. tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.

Motivatsion to‘siqlar shaxsning muloqotga kirishishdan bosh tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas- ligida namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan taqdirda vujudga keladi.
Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (tajovuzkorlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlarga ichki ishlar idoralari xodim- lari tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.
Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlari mavjud:

  1. bo‘lajak muloqotni bashorat qilish;

  2. aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish;

  3. tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi;

  4. umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash;

  5. muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish;

  6. individual ta’sir ko‘rsatish.

Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o‘rnatishning samarali bo‘lishi uchun dastlabki rejalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Bundan tashqari, shaxsning psixologik xususiyatlarini bilish ham aloqa o‘rnatishda yordam beradi. Shuningdek, shaxsning emotsional psixologik sifatlari: jizzakilik, tajovuzkorlik, yashirin xarakter, gumonsirash va boshqalar psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir etadi. Keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga olinishi kerak.
Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. Muloqotda namoyon bo‘ladigan har qanday holatlarda tashqi omillar ijtimoiy vaziyatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga hech nima xalaqit bermasligi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat davomida o‘zaro ishonch muhiti saqlanib qolinishi shart.
Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi. Nutq madaniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr bo‘lishga harakat qilish kerak.
Umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash. Muloqotning boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal etishda umumiy, shu bilan birga, betaraf qiziqishlar doirasi, masalan, tangalar, markalarni yig‘ish, sport, sayohat va boshqa qiziqishlarni aniqlash yordam beradi. Umumiy qiziqishlarni qidirib topish ijobiy emotsional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan muloqotda suhbatdoshni yaqinlashtiradi. Betaraf qiziqishlar psixologik muhitni yengillashtiradi va mavqeni tenglashtiradi.
Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish. Shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatish davrida muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etishga diqqatni ko‘proq qaratish kerak, chunki bu og‘ishlar, masalan, bo‘lajak emotsional zo‘riqish, muloqotning shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy
omillar, muloqot mobaynida begona shaxslarning aralashuvi va boshqalar muomalaga salbiy ta’sir etadi. Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish – psixologik aloqa o‘rnatishning majburiy shartidir.
Individual ta’sir etish. Psixologik aloqa o‘rnatishning yakuniy bosqichida xodim suhbatdoshga individual ta’sir ko‘rsatishi lozim. Bu ta’sirning maqsadi suhbatdoshidan ishonchli ma’lumotlarni olish, shu bilan birga, kelajakda ishonchli aloqa o‘rnatishdir.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insoniylik, to‘g‘ri so‘zlik, vijdonlilik kabilar), muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlari, muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun samimiy bo‘lishlari lozim.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, muloqot ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari, ijtimoiy idrokning effektlari shaxslararo munosabatlarda hamma vaqt ishtirok etadi. Keltirib o‘tilgan fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:

  1. muloqot murakkab jarayon bo‘lib, inson hayotida muhim omil va shaxsning shakllanishida katta rol o‘ynaydi;

  2. muloqot ichki ishlar idoralari xodimlari uchun kasbiy vazifalarini bajarishlarida asosiy vositadir;

  3. muloqotni olib borish vositalarini to‘g‘ri qo‘llash ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini oshiradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda aholi bilan muloqot qiladilar va, tabiiyki, ushbu faoliyatning samaradorligi ularning odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatiga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar ichki ishlar idoralari xodimlari kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin