Kasbiy psixologiya


Faoliyatning konstruktivligi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə31/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Faoliyatning konstruktivligi deganda, jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish kabi harakatlarni rejalashtirishga qaratilgan tafakkur faoliyati tushuniladi. Ya’ni, konstruktiv faoliyatda bilish faoliyatining bosqichlari rejalashtiriladi, bunda bizga noma’lum bo‘lgan voqelikni qanday ketma- ketlikda izlashimiz kerakligi haqidagi savolga javob beriladi. Boshqacha aytganda, xodimning izlanishi va konstruktiv faoliyati yagona fikrlash jarayonining turli bosqichlarini ifodalovchi omildir.
Tashkilotchilik faoliyati. Ushbu faoliyat xodimning kasbiy faoliyati jarayonida turi vazifalarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni ta’minlovchi bosh omildir. Uning mazmuni jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish jarayonlarini boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ushbu mazmunni operativ rahbarlikda, hisob va nazoratda, ushbu jarayon ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni uyushtirishda kuzatish mumkin. Mazkur faoliyat xodimlarning o‘z xizmat topshiriqlarini baja- rishlarida axborot berish va almashishlarida hamda operativ qiziqish uyg‘otgan shaxslarning harakatlarini oldindan ko‘ra bilishda katta ahamiyatga ega.
Kommunikativ faoliyat, yuqorida ta’kidlanganidek, xodimning kasbiy faoliyati, uning keng kommunikativligi (muloqotmandligi) bilan ajralib turadi. Uning kommunikativ faoliyati muloqot orqali, ya’ni amaliy tezkor xizmat vazifalarini bajarish maqsadida atrofidagilar bilan bevosita nutqiy aloqa qilish orqali zarur ma’lumotlarni olishda namoyon bo‘ladi. Muloqot jarayonida ta’sir etish uchun xodimda yuksak aql va bilimdonlik, kuchli iroda, shuningdek, uning insoniylik sifatlarini belgilovchi shaxsiy xislatlari uyg‘unlashishi kerak.
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini ko‘rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko‘plab turli xil talablar qo‘yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo‘nalganligi;

  • xodimning psixologik tayyorgarligi;

  • rivojlangan irodaviy xislatlar;

  • noodatiy vaziyatlarda o‘zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;

  • yaxshi rivojlangan kommunikativlik;

  • turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar o‘rnata olish va sir saqlay olish;

  • turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati;

  • rolga, boshqa qiyofaga kira olish;

  • rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuv- chanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;

  • rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan intuitsiya;

  • ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.

Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakllantirish va rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir.
Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki yetarli rivojlan- maganligi uning o‘z funksional vazifalarini to‘g‘ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi, shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.



    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin