Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə28/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki xususiyat

Holerik

Sangvinik

Flegmatik

Melanholik

xulqi

beqaror

barqaror

o‘ta barqaror

juda beqaror

hissiyoti

kuchli, qis-
qa muddatli

yuzaki, qisqa
muddatli

kuchsiz

chuqur va uzoq
muddatli



kayfiyati

turg‘un emas, yaxshi

turg‘un, ko‘ta- rinki ruhda

turg‘un, doimo
xursand va qayg‘usiz

turg‘un emas, pessimistik ruhda

nutqi

baland, kes- kin, bir xil
emas

baland, jonli, bir xil sur’atda

ohista, bir ohangda

juda sekin

sabri

sust

boshqariladi

juda kuchli

besabr

moslashish qobiliyati

oson

juda oson

sekinlik bilan

juda qiyin

muomalasi

yuqori

o‘rtacha

past

juda past

o‘zini tutishi

tajovuzkor

do‘stona

bosiq

qiyinchilikdan
qochadi

tanqidga munosabati

asabiy

bosiq

befarq

qabul qilmaydi

faoliyatga munosabati

qiziqqon,
berilib ishlaydi

jonli, ko‘p ga- pirib ishlaydi

betinim ishlaydi

vaziyatga qarab turlicha, reaktiv

yangilikka munosabati

ijobiy

befarq

salbiy

manfaatli

xavfga munosabati

jango- var, tavak- kaliga

yaxshi tayyorgar likdan so‘ng ta-
vakkalsiz

sovuqqon, o‘zidan chiqishi qiyin

xavotirli,o‘zini yo‘qotib qo‘yadi

maqsadga intilish

kuchli, bor imkoniyati- ni ishga
soladi

tez yetishish, to‘siqlarni aylanib o‘tish

qat’iyat bilan, shoshmasdan

to‘siqlardan qochish orqali tez yoki sust

imkoniyatni baholashi

juda
ortiqcha

bir muncha

real baho

hisoblay olmaydi

ta’sirga berilish

past

biroz mavjud

kuchsiz

juda kuchli






1 Qarang: Щекин Г. В. Визуалниня психодиагностика и её методы. – Киев, 1991.
Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba’zida o‘z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijiy psixo- loglarning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyat- sizlikka uchrashidan xavfsirab, o‘z yutuqlarini qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun fojia emas, shuning uchun
«tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan qo‘rqib, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:

  1. Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabbur- lik va boshqalar.

  2. Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyat- lar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyat- sizlik kabilar.

  3. Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.

  4. Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.

Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan. Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so‘ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmaslikni bildiradi1.





1 Qarang: Умумий психология / А.В. Петровский таҳрири остида. –Т., 1992. – Б. 467.
Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblab, zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning o‘sishida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo‘lib, bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo‘linadi.
Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixologik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. Shaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.
Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo‘lishi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi. Chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasi iste’dod deyiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki har bir xodimning mehnatga loyiq yoki loyiq emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining individual-psixologik xususiyatlari, ya’ni temperamenti, xarakteri, maxsus va umumiy qobiliyatlari jinoyatchilikning oldini olishda va jinoyatchilarni qayta tarbiyalashda juda muhim hisoblanadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin