Kasbiy psixologiya


Xayol va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə24/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Xayol va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, har bir kishida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi. Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Xayol – inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek, muammoli vaziyat, noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, xayol faol faoliyatni yo‘naltiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Xayol ham tafakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkonini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ularni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalar, turmushning og‘ir sharoitlari, o‘z xatolarining ta’qibi va shu kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda gavda- lantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana shunday shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa yengil namoyon bo‘ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila olmaydigan biror mansabni egallaydigan soxta hayotni ko‘p xayol qiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo‘lish mumkin bo‘ladi. O‘z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.



  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin