Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə26/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, tengdoshlarining hazili, keksalarning pand- nasihatlari, maslahatlariga, quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan, boshqacharoq munosabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Stress, psixologik ta’rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo‘lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «stress»– tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud hissiy zo‘riqishdan iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Selye hisoblanadi. Uning talqini bo‘yicha «stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir»1.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o‘zgaradi, qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin, biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi



1 Qarang: Селье Г. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25.
ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil buziladi, idrok ko‘lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi.
Frustratsiya kishi maqsadga erishish yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi. Frustratsiya holati shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, ya’ni jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaganida, jinoyatchi ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to‘siqqa duch kelganida namoyon bo‘ladi1.
Iroda kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Shu ma’noda iroda to‘siqlarni yengib o‘tishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo‘naltirilgan psixik faollik bo‘lib, maqsadga intilishda sodir bo‘ladi va instinktlar manbaida shakllanadi2.
Irodaviy faoliyatda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zi nazorat qiladi.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi.
Iroda o‘zaro bog‘liq ikki vazifaning bajarilishini ta’minlaydi.
Birinchisi – undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi.
Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo‘lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan bog‘liq, yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil etadi.



1 Qarang: Левитов Н. Д. Фрустрация – один из видов психических сос- таяний // Вопросы психологии. – 2000. – № 6. – С. 120.
2 Qarang: Васильев В.Л. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 68.
Irodaning undovchi va taqiqlovchi funksiyalari bir butun holdagina shaxsning maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi.
Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo‘lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g‘ayratlari va qobiliyatlariga bog‘lashini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama qo‘llaniladi, lotinchada
«Lokus» – «o‘rnashgan joy» va fransuzchada «conlrole» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O‘z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin