Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə33/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish;

  • kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish ko‘nik- malarini takomillashtirish va rivojlantirish;

  • operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini takomillashtirish;

  • operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;

  • shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish;

  • irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid kasbiy mahoratni shakl- lantirish ushbu faoliyatning muhim jihatlaridan biridir. bu o‘rinda eng asosiysi xodimlarning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan barqaror kasbiy qiziqishni rivojlantirish hisoblanadi. Bu, shuningdek xodimlarda har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan kelishmovchilik, huquqiy normalarni so‘zsiz bajarishdan iborat
barqaror odat, kuchli rivojlangan haqiqat, adolat va qonuniylik hissini shakllantirishni taqozo etadi.
Maxsus operativ xizmat va tergov faoliyatining turli jihatlariga oid psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish xodimlarni psixologiya asoslari bilan tanishtirish, ularda o‘z ishlarida odamlar, guruhlar psixologiyasini inobatga olish ko‘nikmalari va odatlarini shakllantirishni taqozo etadi. Tergov va operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatlarini tushunish xodimlarning o‘tkaziladigan tergov, operativ qidiruv va boshqa harakatlardagi psixologik xususiyatlarni bilishlari va hisobga olishlarini taqozo etadi.
Kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv mahorati hamda ko‘nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Ichki ishlar organlari xodimlari turli toifadagi fuqarolar (jabrlanuvchilar, guvohlar, gumon qilinuvchilar, maxsus hisobda turganlar va h.k.) bilan doimiy muloqotda bo‘ladilar. Olinadigan operativ jihatdan muhim axborotning sifati xodimlarning ular bilan muomala qilish, psixologik aloqa o‘rnatish, ishonchli munosabatga kirishish qobiliyatiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, butun faoliyatining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish usullari va yo‘llari tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni o‘ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni yenga olish mahorati shakllangan bo‘lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik xodim- larning psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini yengillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi.
Tergov va operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirish ko‘nikmalarini shakllantirish. Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy mahoratini tashkil qiluvchi muhim tarkibiy qismlardan biri jinoyatlarni ochish yoki ularning oldini olish uchun zarur axborotga ega bo‘lish maqsadida rolga kirish ko‘nikmalaridir. Shuning uchun xodimlar psixologik tayyorgarlik davomida o‘zlarining ichki ishlar organlaridan
ekanliklarini, haqiqiy xislatlari va holatlarini, muloqotga kirishishdan ko‘zlagan maqsadlarini niqoblay olish mahoratini egallashlari kerak.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin