Kasbiy psixologiya


Terrorchi shaxsi psixologiyasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə81/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Terrorchi shaxsi psixologiyasi


Insonni terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga va shunday tashkilotlarga a’zo bo‘lishga qanday motivlar undaydi? Bu savolga javobni uning psixologiyasidan qidirish lozim. Aslida terrorizmni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa ko‘plab sabablar mavjud bo‘lib, bularning barchasi shaxsni va mavjud shaxsiy omillarni, psixologik mexanizmlarni, shaxsning qadriyatlarini izdan chiqaradi, oxir-oqibat uni terrorchilar safiga olib kiradi.
Psixologlar individlarning terrorizm yo‘liga kirishiga undovchi motivlarga aylanadigan bir qator shaxsiy moyilliklarni ajratadilar1.
Terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga undovchi shaxsiy omillar:

  1. o‘z «men»ini doimiy ravishda hujumkorlik – himoyaga tayyorgarlik orqali mudofaa qilishga tayyor turish;

  2. yetarli bo‘lmagan shaxsiy moslik, o‘z-o‘zini quyi baholash;

  3. guruhga yoki guruhiy aynanlikka bo‘lgan kuchli ehtiyoj;

  4. o‘zining omadsizliklariga jamiyatni aybdor deb bilish, ijtimoiy adolatsizlikni boshdan kechirish;

  5. ijtimoiy yakkalanish va begonalashuv, hayotga va kelajakka qiziqishning so‘nishi;

Yuqorida keltirilgan tavsiflar terrorchi shaxsining qandaydir umum- lashgan psixologik xususiyatlar hisoblanadi. Shu o‘rinda shaxsning guruhga kirishida bir qator siyosiy-mafkuraviy motivlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin ular ko‘proq chuqur shaxsiy motivlarni takomillashtirish shakli hisoblanadi.
Terrorchi guruhlardagi individlar psixologik jihatdan to‘liqsiz yoki izdan chiqqan psixoijtimoiy moslik natijasi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bular uning uchun barqarorlashtiruvchi psixologik asos hisob- lanadi, o‘zini yaxlit shaxs sifatida his qiladi.
Terrorchi shaxs uchun dunyoni salbiy jihatdan tushunish bir qator omillar ta’siri ostida vujudga kelishi xarakterlidir. Birinchidan, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlari va real dunyoni ideal obrazi orasidagi tafovut tegishlidir. Bu ideal subyektning shaxsiy va ijtimoiy jihatdan bilishining qarama-qarshiligidir, natijada terrorchi shaxsda «Men yaxshi, dunyo yomon» degan qarash shakllanadi. Bu qarash turli xil despruktiv harakatlarni oqlash va o‘z-o‘zini ruhiy himoyalash vositasi bo‘lib qoladi.





1 Qarang: Психологи о терроризме (Материалы куглого стола) // Психологический журнал. – 1995. – №4.
Terrorchilik faoliyatini ta’minlashga jalb etilgan ijtimoiy-psixologik omillar.
Terrorchi tashkilot, boshqa har qanday jinoiy tashkilot singari, murakkab iyerarxik tuzilishga ega va uning turli pog‘onalarida turli xil odamlar joylashadilar hamda ularga individual xususiyatlar xosdir. Lekin terrorchilik faoliyati, boshqa har qanday faoliyat singari, ana shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi insonlarda ma’lum bir tipik xulq-atvor va shaxsning o‘ziga xosliklari ishlab chiqilishiga olib keladi. Binobarin, terrorchi tashkilotga qo‘shilishning o‘zi ham shaxsdan muayyan u yoki bu iyerarxik pog‘onaga mansub bo‘lgan xususiyatlarning mavjud bo‘lishni oldindan taqozo qiladi.
Terrorizm muammosining turli xil psixologik tadqiqotlarini umumlashtirgan holda, terrorchilar shaxsiyatining quyidagi tasnifini keltirish mumkin:

  1. Tashkilotchilar: mafkuraviy fanatlar; bevosita tashkilotchilar; namoyishkorona tip.

  2. Ta’minlovchilar: yollovchilar; teraktlarni tayyorlovchilar; pedagog-murabbiylar; texnologlar.

  3. Bajaruvchilar: tajovuzkor tip, fanatik tip, zombilashtirilgan tip, qasoskor tip; avantyurist tip.

Birinchi kategoriyaga a’zo bo‘lganlarni genetik terrorchilar yoki insonlar deyish mumkin, ular yoshlik davridan terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga moyil bo‘lgan shaxslardir. Hozirgi zamon tibbiyoti nuqtai nazaridan olib qarasak, genetik terrorchilar miya tuzilishining mavjud tug‘ma yoki erta yoshligidagi og‘ishlari natijasida hokimiyatni qo‘lga olish, boshqarish kabi illatlarga mubtalo bo‘ladilar. Ularda siyosiy yoki ijtimoiy ko‘rinishdagi hokimiyatga pog‘onama-pog‘ona erishish emas, balki umuminsoniy qadriyatlarga zid bo‘lgan vahshiyona xatti- harakatlarni amalga oshirish orqali erishish ustun turadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin