Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə82/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Mafkuraviy fanatlar terrorchilarning juda xavfli tipi hisoblanadi, shaxsiy e’tiqodlari (diniy, mafkuraviy, siyosiy) va xatti-harakatlariga, shuningdek o‘z dunyoqarashlari, o‘zining gunohsizligi hamda inson- larning taqdirini boshqarish mumkinligiga ishonadilar. Ushbu toifadagilar notiqligi, yetarli darajada yuqori aqliy darajasi va boshqa odamlarga samarali psixologik ta’sir eta olish qobiliyati mavjudligi bilan ajralib turadilar.
Bevosita tashkilotchilar – ma’lum ma’noda barqaror va sovuqqon tip. Aniq teraktlar, oldindan o‘ylangan va rejalashtirilgan terrorchilik
aktlari g‘oyaviy ta’minlanganlik va emotsional qat’iyatlilik bilan amalga oshiriladi. Lider ushbu faoliyatdan tashqarida bo‘lishni ma’qul ko‘radi.
Namoyishkorona tip ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtanchoq va o‘zini yaxshi ko‘ruvchi «dovyurak-jangchi». Barcha narsalar va hammaga nafrat ko‘zi bilan qarab lazzatlanadi. O‘z-o‘zini buyukligiga ishontirish ularga xos xislat.
Ikkinchi kategoriyaga turli ko‘rinishdagi noqonuniy yoki jinoiy yo‘llar yordamida oddiy mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi.
Yollovchi boshqalarni terrorchi tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs. Yuqori va tez psixologik aloqa o‘rnatishga moyil, psixotexnologik ko‘nikmalarga ega, ishontirib (gipnoz) ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu toifadagilar terrorchi tashkilotlarda eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanib, ularning vazifasi ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topib, psixologik ta’sir o‘tkazishdan iborat.
Teraktlarni tayyorlovchilar asosan sobiq maxsus xizmat xodimlari bo‘lib, ikki yoki undan ortiq davlatlarda maxsus xizmatlarda tayyorgarlikdan o‘tganlar. Ularda uzoq yillar davomida qo‘poruvchilik, ba’zan esa antiterrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida terrorchi shaxslarga xos bo‘lgan psixologik sifatlar shakllangan. Biroq, yosh jihatidan yoki biror-bir sabab tufayli davlat xizmatining ijtimoiy yo‘nalganligini o‘zgartiradi. Masalan, ular odatiy davlat xizmatida, biroq
«dushman tarafi»da bo‘lib faoliyat olib boradilar. Bunday maxsus xizmat xodimlarining ma’naviy-axloqiy, insoniy qadriyatlari qo‘poruvchilik faoliyati bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Ijtimoiy yo‘nalganlikning o‘zgarishida asosiy rolni «moddiy manfaat» o‘ynaydi. Terrorizmda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun davlat xizmatiga qaraganda bir necha barobar ko‘p haq to‘lanadi.
Pedagog-murabbiylar teraktlarni tayyorlovchilar bilan bir jabhada faoliyat ko‘rsatadilar. Bu shaxslar terrorchilik faoliyatining barcha mutaxassisligi bo‘yicha yo‘riqchi (instruktor)lik faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Odatda ular boylik girdobiga tushgan sobiq maxsus xizmat xodimlaridir. Pedagog-murabbiy terrorchilarning professional faoliyati o‘zgarmaydi. Ular ilgari terrorizmga qarshi kurashishni o‘rgatgan bo‘lsalar, endilikda esa, o‘tmishdagi tajribalariga suyangan holda, terrorchilarni o‘zlarining sobiq shogirdlariga qarshi kurashishga o‘rgatadilar.
Texnologlar ham terrorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi teraktlarning sodir etilishini texnik jihatdan ta’minlab berish hisoblanadi. Aniq terrorchilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun shart-sharoitlarni tayyorlash va portlovchi moslamalarni yaratish sohasida texnik hamda boshqa malakalarga ega bo‘ladilar. Kimdir terrorchilar uchun soxta hujjatlar, kimdir transport vositasi va samolyot uchun chipta, yana kimdir portlovchi moslamalar uchun omborxonalar tayyorlaydi.
Uchinchi kategoriyadagi shaxslar terrorchi tashkilotning eng quyi pog‘onalarida turadilar va ularning asosiy vazifasi bevosita teraktlarni amalga oshirish hisoblanadi. Bular portlovchi moslamani hodisa joyiga olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga keltiruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuvchilar, o‘zini
«qurbon» yoki «shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir.
Tajovuzkor tip toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega. Terror – emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifadagilar «qotib qolgan» (otmarozka), umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag‘batlantirish uchun ishlovchi, kimni so‘yish va kimni otish ularga baribir.
Fanatik tip terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biridir, ular teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga oldindan va ongli ravishda tayyorlanadilar.
Zombilashtirilgan toifadagilar o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo‘rquvni his qilmaydi.
Qasoskor tipning asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu toifadagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi.
Avantyurist tip – qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagi odamning boshqalardan farqi – yakka holda harakat qiladi.
Uchinchi kategoriyaga kiruvchi «bajaruvchilarni» o‘z joniga qasd qiluvchi-terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlarda o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi
bilan zaiflikdan qutilishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma hisoblanadi.
O‘z joniga qasd qiluvchi terrorchilarning maqsadlari – odamlar ko‘p joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qaratishni nazarda tutadi. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular muzokara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi – yon- atrofiga imkoni boricha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga harakat qiladi.
Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni garovga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat obyektlarini portlatish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘lsa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki
«shahidlik» terrorizmi deb ataladi.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi xalqaro terrorizmning bir ko‘rinishi sifatida turli ijtimoiy-siyosiy tartiblarda muayyan sabablar va omillar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Uning bunday ko‘rinishi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 2004 yil 29–30 mart kunlari
«shahidlik» terrorizmining dastlabki ko‘rinishi kuzatildi1.
Odatda «shahidlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi. Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi. «Qurbonlik» yoki
«shahidlik» maqomidagi terrorchilarni odatda Yaqin Sharq, Kavkazorti, Afg‘oniston va Pokistonda tayyorlaydilar.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik»ka mubtalo bo‘lgan terrorchilarni zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor. Bunday nobakor ishlarga qarshi maxsus xizmat xodimlarining samarali mehnatlari orqali natijaga erishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda barmog‘ini harakatga keltiruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas. Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak



1 Qarang: Қодиров А., Исмоилов М. «Қурбонлик» ёки «шаҳидлик» кўринишидаги терроризм // Ҳуқуқ–Право–Law. –2004. – №2. – Б. 16–17.
bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Terrorchi shaxsning sifatlari:

  1. tajovuzkor va shafqatsiz (qattiq qo‘l) xulq-atvorga egalik;

  2. o‘zini oqlash. Siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsni yashirin ehtiyojlarini qondirish sifatida namoyon bo‘ladi;

  3. agressivlik xususiyati, ya’ni voqelikka to‘g‘ri baho bera olmaslik, aybni tashqi omillardan qidirish va o‘zining muvaffaqiyatsizligini vaziyatga yuklashga moyillik;

  4. terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko‘r-ko‘rona sodiqlik;

  5. yetarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, bilim darajasining pastligi;

  6. odatda nosog‘lom oilalardan chiqqanligi, ijtimoiy patologik rivojlanishga ega bo‘lmaganligi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan odamlar, ish o‘rnini yo‘qotgan yoki unga ega bo‘lmaganlar, yaqin kishilarini yo‘qotganlar, jismoniy imkoniyati chegaralangan shaxslar, og‘ir psixotravmalarni boshidan kechirganlar, terrorchilik yoki diniy an’analarga rioya qiladiganlarning qarindoshlari, farzandlari yoki nevaralari bo‘lishi mumkin;

  7. doimo o‘z «men»ligini himoya qilish, o‘z fikrini tasdiqlashga intilish, boshqa insonlarning istak va hissiyotlariga e’tibor bermaslik va fanatizm;

  8. shoshqaloqlik, o‘zgaruvchanlik va ikkilanishlar va hokazo.




    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin