Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə85/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Odamlarni garovga olgan jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o‘rnatish. Odamlarni garovga olgan jinoyatchi shaxsning yoshi, jinsi, atrofdagilar to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilish kerak. Jinoyatchi savol berganda «ha» yoki «yo‘q» degan javob bilan cheklanmasdan, to‘liq javob qaytarishga harakat qilish lozim. Aloqa o‘rnatish jarayonida odamlarni garovga olgan jinoyatchi shaxsga shunday savollar berilishi kerakki, u savolga javob berish uchun ko‘proq vaqt sarflasin.
Muzokara jarayonda jinoyatchi bilan jinoyatchilar olami tilida gaplashish yaxshi samara berishi mumkin. U bilan muloyimlik va
bosiqlik bilan, qo‘pollik ishlatmasdan, «Injil» yoki «Qur’ondan» suralar o‘qisa, shirk keltirmasdan gaplashish lozim.
Odamlarni garovga olgan jinoyatchi shaxs bilan aloqa o‘rnatish jarayonida eng muhim jihatlardan biri jinoyatchining ruhiy holatini baholash hisoblanadi. Jinoyatchining ruhiy holati (kuchli stress holatida, qo‘rquvda, hayajonlanyapti, devonasifat va hokazo)ni bilish muzokara olib borishda yordam beradi. Shuningdek, uning fikrlash doirasi, bilimi, dunyoqarashlarini ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak.
Odamlarni garovga olgan jinoyatchi shaxs bilan muzokara jarayonida oshkora aloqa o‘rnatishga harakat qilish kerak. Muloqot olib boruvchi o‘zini tanishtirishi, ismini aytishi va jinoyatchi o‘zini qanday atagan bo‘lsa, uni shunday chaqirishi kerak. Unga «muloqotlarni olib boruvchi shaxs» sifatida o‘zini muntazam tanishtirishdan, shuningdek, jiddiy salbiy javob berishdan voz kechish lozim. Bu harakatlar munosabatlarni chigallashtiradi. U bilan murosaga kelishga harakat qilish tavsiya etiladi. Masalan: «Siz va men bir qarorga birgalikda kelib, muammoning yechimini topishimiz mumkin», «Men boshlig‘imga Sizning maktubingizni yetkazaman va talablaringizni to‘la qabul qilishi uchun harakat qilaman, ammo o‘ylaymanki, bu masalani hal qilish jarayoni qiyin kechadi» va hokazo.
Jinoyatchi shaxsning muntazam ravishda qarorlar qabul qilish bilan band bo‘lishiga erishish kerak. Nima qilish, muammoni qanday va qachon hal qilishni o‘zi o‘ylasin. Agar u ovqatlanishni xohlasa, nimani yemoqchi yoki ichmoqchi ekanligini bilib, yetkazib berishga harakat qilish lozim. Bu muloqotning samarali yakunlanishiga yordam beradi.
Jinoyatchi shaxs bilan muloqotni muntazam ravishda olib borish, agar u biror narsani talab qilsa, evaziga undan ham biror narsani talab qilish kerak. Shunday holatlar ham bo‘lganki, sigareta evaziga garovdagi shaxslar almashtirilgan.
Sodir etilgan harakatlar, otishma natijasida xodimlar orasidan kimdir halok bo‘lgan yoki atrofdagilardan kimdir o‘lgan bo‘lsa, bu to‘g‘risida jinoyatchiga bildirmagan ma’qul. Aks holda jinoyatchi shaxs boshi berk ko‘chaga kirib qoladi va bu holat uni favqulodda harakatlarni amalga oshirishga undaydi.
Muloqot jarayonida jinoyatchi shaxsning biron-bir narsaga erishish umidining so‘nmasligiga muloqotning davom ettirilishiga sabab bo‘ladi. Muloqotni shunday olib borish lozimki, bunda barcha shaxslar, ya’ni
garovga olinganlar, jinoyatchi hamda muzokara olib boruvchida ijobiy natijaga erishish tuyg‘usi ustunlik qilsin. Raqibni aldash bilan bog‘liq har xil urinishlar, masalan ovqat va ichimliklariga giyohvandlik moddalarini qo‘shib berish katta tavakkalchilikni yuzaga keltiradi. Amaliyotda kimyoviy moddalar yoki giyohvandlik moddalari mavjudligini oson yo‘l bilan aniqlash mumkin. Agar jinoyatchi uni aldashga harakat qilinganini bilib qolsa, muloqot jarayoniga putur yetadi. Shuning uchun shubha ostiga tushadigan hech qanday harakatlarni sodir qilmaslik lozim.
Garovdagi shaxslarni ozod qilish bilan bog‘liq muzokaralarni olib borish murakkab jarayon bo‘lib, oqilonalik va yaxshi tayyorgarlik natijasida olib borilgan muloqotning ijobiy natija bilan tugashi shubhasiz.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin