Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə87/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ijtimoiy faoliyat – bu profilaktika inspektorining davlat tomonidan qabul qilingan qonunlarni to‘g‘ri va chuqur anglagan holda o‘ziga biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirishi, shaxslarni tarbiyalash ishlarida shart-sharoitlarni yaratishi, tarbiyalash qiyin bo‘lgan shaxslarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga pedagogik ta’sir etishi, biror sohaga, mehnatga jalb qilish orqali ijtimoiy xulq normalariga rioya etish hissini oshirishi, jamiyatga foydasi tegadigan inson qilib tarbiyalashga harakat qilishidir. Profilaktika



1 Основные виды деятельности и психологическая пригодность к службе в системе органов внутренних дел: Справ. пособие / Под ред. Б.Г. Бовина, Н.И. Мягких, А.Д. Сафронова. – М., 1997. – С. 85.
inspektorlarining maslahatlari, sidqidildan ko‘rsatgan yordami inson hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Profilaktik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan har bir xodimning hayotda murakkab vaziyatga yoki holatga tushib qolgan fuqaroga yordam berish faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi. Bunday yordamga odatda yolg‘iz va qarovsiz bo‘lgan yoshi ulug‘ qariyalar, oilada ichkilikka ruju qo‘ygan ota-onalar, nosog‘lom oilada tarbiya ko‘rayotgan voyaga yetmaganlar va jinoiy jazoni o‘tab kelgan sobiq mahkumlar muhtoj bo‘ladilar.
Bunday toifadagi har bir insonga o‘z hayot yo‘lini topishga ko‘mak berish, ya’ni ishga joylashishga yordamlashish, surunkali alkogol iste’mol qiladigan shaxslarni majburiy davolash markazlarida davolash ishlarini tashkillashtirish, mahalla fuqarolari yig‘inlarida kam ta’minlangan va nosog‘lom turmush-tarzi olib borayotgan oilalarga mahalla fuqarolari orqali ta’sir etish va boshqalar profilaktika inspektorlari faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Bunday insonlar taqdiri haqida qayg‘urish profilaktik faoliyatning konstruktiv faoliyat ko‘rinishi hisoblanadi.
Tashkiliy faoliyat xodimning o‘z kasbiy faoliyati jarayonida turli vazifalarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni ta’minlovchi bosh omil hisoblanadi. U sodir etilgan voqea, hodisalarga oid turli taxminlar va ishchi rejalar tuzish hamda ularni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan irodaviy xatti-harakatlardan iborat. Tashkiliy faoliyat muayyan kasbiy masalalarni hal etish uchun o‘zini va vaziyatga aloqador bo‘lgan mansabdor shaxslarni safarbar qilish singari omillarda namoyon bo‘linadi.
Profilaktika inspektori ko‘proq tashabbus ko‘rsatishi, kimga qanday yordam ko‘rsatish, kim bilan qanday muomalada bo‘lishni bilishi kerak. Bundan tashqari, xodim ariza va shikoyatlarni faqatgina qayd etmasdan, balki bevosita fuqarolarning muammolarini ijobiy hal qilishni tashkillashtira olishi ham talab etiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin