Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə86/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. Islom Karimovning qaysi asarlarida terrorchilik muammosi borasida atroflicha fikr yuritilgan?

  2. Terrorchi shaxsi psixologik jihatdan qanday tasniflanadi?

  3. «Qurbonlik» yoki «shahidlik» ko‘rinishidagi terrorchilik nima?

  4. Terrorchi shaxslarning tiplarini tavsiflang.

  5. Terrorchilik xavfi va uni bartaraf etish yo‘llarini ayting.

  6. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari qanday namoyon bo‘ladi?

  7. Terrorchi shaxsi tabiatidagi sifatlarni sanang.

  8. Terrorchilikka qarshi kurashning qanday psixologik muammolari mavjud?



  1. bob.

PROFILAKTIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI


    1. Profilaktik faoliyatning psixologik tahlili


Ma’lumki, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini profi- laktika (jinoyatlarning oldini olish) inspektorlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Profilaktika inspektorining asosiy vazifasi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, o‘z hududida hisobda turadigan fuqarolarni nazorat qilish hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishdan iborat.
Profilaktika inspektori ijtimoiy faoliyati jarayonida davlat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarni o‘z hududida targ‘ibot va tashviqot qiladi, o‘z hududidagi jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolarni hisobga oladi va jinoiy jazoni o‘tab kelgan shaxslarni qayta tarbiyalashda hamda nosog‘lom oilalar bilan profilaktik ishlarni olib borishda katta rol o‘ynaydi.
Profilaktika inspektorining tashkiliy faoliyati quyidagilardan iborat: o‘z hududidagi aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish; iqtisodiy nochor oilalarga, boquvchisi yo‘q fuqarolarga yordam berish ishlarini tashkillashtirish, fuqarolar tomonidan berilgan ariza va shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etishdir.
Profilaktika inspektorlari faoliyati kasbiy psixologiya yoxud psixologiya fan bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Profilaktik faoliyat psixologiyasining predmeti, maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. predmeti – huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonida turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish va huquqiy me’yorlar orqali ta’sir etish usullarini o‘rganish;

  2. maqsadi - huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda tinglovchilarda psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  3. vazifalari – ichki ishlar organlari faoliyatida profilaktik ishlarining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni

shakllantirish, profilaktik xizmat xodimlarining shaxsiy-kasbiy sifatlari va kasbiy mahoratlarini shakllantirishning psixologik shart-sharoitlari bilan tanishtirish.
Ichki ishlar organlari xodimlari profilaktik faoliyatining asosiy maqsadi jinoyatchilikning oldini olish va favqulodda holatlarni bartaraf etishdan iboratdir. Binobarin, profilaktik faoliyat har bir ichki ishlar organlari xodimi faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining profilaktik faoliyati bir qator o‘ziga xos psixologik xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • huquqiy reglamentatsiya;

  • faoliyatning turli xil ko‘rinishlari va uning ijodiy xarakteri;

  • tegishli shaxslarning qarama-qarshiligi;

  • hokimiyat vakolatiga egaligi;

  • aholining ko‘z o‘ngida voqea sodir etilganida yuqori mas’uliyat bilan yondashish;

  • fuqarolar bilan munosabatlarni yaxshilashda jamoat tashkilotlari va institutlarining vakillari, hamda mahalla faollari bilan doimiy aloqalarni tashkil etish majburiy ahamiyat kasb etadi.

Profilaktik faoliyat asosan fuqarolar, mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlari vakillari, mansabdor shaxslar bilan faol kommunikativ munosabatlarga kirishi orqali olib borilib, bu, o‘z navbatida, ichki ishlar organ xodimlarining kommunikativ va pedagogik qobiliyatlarini hamda fuqarolar bilan munosabatda ularning huquqlarini qonun, qonun osti aktlariga rioya etgan holda tashkil etishni talab qiladi.
Profilaktika inspektorining psixogrammasi mutaxassislar tomonidan tahlil qilinganda xodimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun quyidagi psixologik sifatlar bo‘lishi aniqlangan:

  • kasbiy kuzatuvchanlik;

  • ziddiyatli holatlarda o‘zini boshqara olish qobiliyati;

  • o‘z atrofida insonlarni jamlay olish va ularning ishonchiga kira olish qobiliyati;

  • inson hayotiga e’tiborli bo‘lishi va uni kuzata olishi;

  • o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish;

  • voqea hodisalar obrazini fikran qayta tiklash;

  • qarama qarshi ma’lumotlardan xulosa chiqara olish uquvi;

  • insonning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatlarini esda saqlab qolish;

  • begona insonlar bilan tez psixologik aloqa o‘rnata olish

qobiliyati1.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichki ishlar organlari xodimlarining profilaktik faoliyatini samarali olib borishiga to‘sqinlik qiladigan ko‘rsatkichlar mavjud, bular: individualizm, shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy o‘zaro harakatlar tizimini buzuvchi ijtimoiy begonalashish; peshqadamlikka (liderlikka) intilishning kuchliligi va qat’iyatliligi; faoliyat maqsadiga erishish motivlarining past darajasi; irodaviy jarayonlarning va irodaviy intilishlarning yetarli darajada emasligi; psixologik og‘ishlarning mavjudligi va boshqalar.
Profilaktik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ichki ishlar organ xodimlarining asosiy vazifasi jamoat tartibini saqlash, jinoyat sodir etilish sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda o‘z hududida ularni bartaraf etish hisoblanadi. Profilaktika inspektorlari har bir fuqaroning huquqlarini himoya qiladi, tashkilot, korxonalarni noqonuniy harakatlardan saqlashdir. Uning barcha xatti-harakatlari qonun doirasida amalga oshiriladi.
Profilaktika xizmatida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organ xodimi professiogrammasida uning shaxsiy sifatlarini, ko‘nikma va malakalarini, murakkab, ammo kerakli faoliyatida namoyon etuvchi quyidagi faoliyat ko‘rinishlari mavjud, bular:

  • ijtimoiy faoliyat;

  • konstruktiv faoliyat;

  • tashkiliy faoliyat;

  • tasdiqlovchi faoliyat;

  • kommunikativ faoliyat;

  • qidiruv faoliyati.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin