Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə88/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Dalillash faoliyati sodir etilgan jinoiy ish bo‘yicha olingan barcha ma’lumotlarni qonunda ko‘zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon (qaror, bayonnoma, hukm va hokazo tarzda) etishni bildiradi.
Kommunikativ faoliyat aloqaga kirishish va fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatishdir. Shu bilan birga, profilaktika inspektorining kommunikativ faoliyati o‘z hududidagi aholi bilan doimiy ravishda
aloqada bo‘lish, aholisi gavjum hududlardagi fuqarolarning kayfiyatlarini o‘rganish va ularga do‘stona munosabatni namoyon etishdan iborat.
Profilaktika inspektorlarining asosiy xususiyati biriktirilgan hududda fuqarolar bilan ishonchli aloqa o‘rnata olishi hisoblanadi. Bu oson kechadigan jarayon emas, chunki hududda turli toifadagi fuqarolar bo‘lib, ba’zi birlari do‘stona munosabatda bo‘lsa, ba’zilari agressiv, talabchan, tez xafa bo‘ladigan va boshqa sifatlarga ega bo‘ladilar. Faqatgina psixologik aloqa o‘rnatish bilan cheklanmasdan, balki ular orasida hurmat qozonish, ishonch hissini uyg‘otish va obro‘-e’tiborga ega bo‘lishga harakat qilish lozim. Profilaktika inspektorlari o‘z hudud- laridagi fuqarolar bilan turli vaziyatlarda uchrashadi. Masalan, oilada, ko‘chada va boshqa joylardagi janjalli vaziyatlar. Bunday vaziyatlarda xodim to‘g‘ri va qonuniy harakat qilishi uchun fuqarolarning turmush tarzini, oilaviy sharoitini, fe’l-atvorini yaxshi bilish kerak.
Qidiruv faoliyati. Huquqbuzar shaxslar odatda o‘zlarining jinoiy xatti-harakatlarini yashiradilar, yolg‘on ma’lumotlar beradilar, vaziyatni murakkablashtirishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatlarda profilaktika inspektorlari harakatlari haqiqatni yuzaga chiqarish va qonun ustuvorligini ta’minlashda aniq, keskin, mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil orqali vaziyatning mohiyatiga yetib borish hamda adolat qaror topishga erish bilan izohlanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, ichki ishlar organ xodimi har doim va har yerda davlat boshqaruv organ xodimi hisoblanadi hamda uning adolatli va odil himoyachisidir. Xodim qo‘pollik va dag‘allikka shunday munosabat bildirishi va tarbiyasizga tarbiyasizlarcha munosabatda bo‘lishi mumkin emas. U har yerda o‘zining xulq-atvori bilan ibrat bo‘lishi, o‘zining ma’naviy va ma’rifiy yetukligi, yuksak siyosiy ongi, madaniyati, yurish turishi, kiyinishi, muomalasi, axloq-odobi bilan yosh avlod qalbida o‘zlariga nisbatan havas uyg‘otishga intilishi kerak1.
Profilaktik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodim bevosita unga biriktirilgan hududdagi kriminogen vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lishi kerak, uning psixologik o‘ziga xosligini inobatga olish orqali oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘liq amalga oshiradi.
Hududda ko‘p uchraydigan muhim psixologik tavsiflar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:




1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011. – Б. 4.
munosabati;

  • huquqni muhofaza qilish organlarining aholi orasidagi obro‘- e’tibori;

  • mazkur hududda istiqomat qiladigan aholining milliy, kasbiy- psixologik va yoshga oid o‘ziga xosligi;

  • aholining turlicha yashashi va turmush tarzi;

Profilaktika inspektori shunday ko‘rinishlarni nafaqat chuqur bilib qolmay, balki ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyatini tashkillashtirishi kerak.
Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlarga quyidagilar kiradi:

  • ijtimoiy fikr;

  • guruhiy kayfiyat;

  • urf-odat va qadriyatlar;

  • irim- sirim va taassub;

  • insonlarning jamoadan tashqari xatti-harakatlari (olomon, vahima, sarosima, biror-bir sabab yuzasidan yoki tasodifan yig‘ilgan insonlar guruhi);

  • mish-mish gaplar.

Shaxsning ma’naviy shakllanish jarayonida muhitda muayyan salbiy ma’naviy omillar mavjud bo‘ladi, ular shaxsni jinoyatga yetaklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi va bu muayyan hayotiy vaziyat deb hisoblanadi. Muayyan hayotiy vaziyat shaxsning qarashlari, xohishlari va odatlari bilan bir vaqtda unga ta’sir qiluvchi omillar yig‘indisidir. Hayotiy vaziyatlarni kriminogen va kriminogen hisoblanmagan vaziyatlarga ajratish mumkin.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin