Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə77/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Normativ hokimiyat. Bunda gap yetakchi muayyan xatti-harakat qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, zarur bo‘lganida esa, buni talab qilish huquqiga ega bo‘ladigan normalar haqida boradi. «Jinoiy tashki- lotlarning asosiy belgilaridan biriga norasmiy xulq normalari, an’analar va qonunlar, ularni buzganlik uchun jazolar ko‘rinishidagi nizomning mavjudligi kiradi (o‘rganib chiqilgan tashkilotlardan ikkitasida yozma nizom mavjud bo‘lgan)»2.
Bilimdon hokimiyati. Butun kuch guruh a’zosi yetakchida bor deb hisoblaydigan hamda guruhning ushbu a’zosi shug‘ullanadigan jinoiy faoliyat sohasiga doir alohida bilimlar, intuitsiya yoki mahoratlarning kattaligiga bog‘liq. Aytish mumkinki, rahbariyatning strategik xatolari jinoiy faoliyatning fosh etilishiga, o‘ta katta foyda olinmasligiga hamda jinoiy guruhlar o‘rtasida ta’sir doiralari bo‘lishda raqobatbardoshlikning yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yuksak darajada uyushgan jinoiy guruhlarda muayyan yetakchining obro‘si aynan shu hokimiyatga asoslanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoiy guruhlar yetakchilari
«...ularning ta’lim darajasi ancha yuqori – o‘rta, o‘rta-texnik va oliy ma’lumotga egaligi, aksariyati sudlanmaganligi bilan ajralib turadi»3, ular jinoiy guruhning aqliy markazi hisoblanadi. Guruh yetakchilarining turli sohalardagi mutaxassislarni jalb etishga intilishi ham ana shunday hokimiyat manbaining mavjudligi bilan bog‘liq.
Axborot hokimiyati. U yetakchi guruh a’zolariga noma’lum bo‘lgan, buning ustiga vaziyatni baholash va xatti-harakatni boshqarish uchun muhim axborotga ega bo‘lgan sharoitlarda yuzaga keladi. Uyushgan jinoiy guruhlarda hokimiyatning bu turi avvalo yetakchining axborotni guruhning oddiy a’zolariga oz-ozdan berishida, ayni vaqtda to‘liq axborotga faqat guruh yetakchisining o‘zi ega bo‘lganligida ko‘rinadi.
Hozirgi zamon jinoiy guruhlarida, maxsuslik qonuniga ko‘ra, quyi bo‘g‘inlar o‘z rahbarlarini umuman bilmaydigan tizim tashkil qilinishi ham yetakchilikka yordam beradi. Guruhning oddiy a’zolari yetakchining faqat ko‘rinishlarini, atributlarini – kuchli qo‘riqlanish,



1 Qarang: Гуров А. Организованная преступность: не миф, а реальность. – М., 1992. – С. 31.
2 Ўша манба. – Б. 25.
3 Мафия: призраки и признаки // Экономическая газета. – 1988. – №. 48.
qattiq sir tutilishi (axborotning telefon orqali berilishi, rahbarning faqat ovozini eshitish mumkinligi, bu esa fantaziya uchun maydon beradi), operatsiyalarga sarflanadigan katta pul mablag‘larini ko‘radilar – bularning barchasi guruh a’zolariga psixologik ta’sir ko‘rsatadi, yetakchining oldida qo‘rqish va izzat-ikrom muhitini yaratadi.
Tashkilotda yetakchi qanchalik yuqori tursa, iyerarxik pillapoya qanchalik yuqori bo‘lsa, unda qo‘rquv shunchalik kam bo‘ladi, qanchalik past bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nizolarning asosiy sababi – iyerarxik tuzilmadagi tengsizlik, daromadlarning teng taqsimlanmaslgida ko‘rinadi.
Biroq guruh yetakchisi ishtirokchilar uning jinoiy faoliyati haqida tergov organlariga xabar berishlari, guruh fosh bo‘lgan taqdirda guruhning jinoiy faoliyati uchun butun aybni yetakchiga to‘nkab, o‘zlarining holatini yaxshilashlari, ehtimol tutilgan jazoni yengillash- tirishlari mumkinligidan qo‘rqadi.
Yetakchi bilan «muxolif» o‘rtasidagi nizolar muxolif o‘zini guruh yetakchisiga, uning boshqa a’zolariga, ba’zi hollarda esa butun guruhga qarshi qo‘yishi natijasida yuzaga keladi. Bunday muxolafatning sabablari turlicha: hokimiyat uchun kurash, yetakchilikni egallab olishga intilish, hasad, rashk, boshqa ishtirokchilarning jinoiy faoliyat usullaridan qoniqmaslik, o‘zining guruhdagi mavqeidan, shuningdek, o‘g‘irlangan narsalardan oladigan ulushidan qoniqmaslik.
Shu ma’noda jinoiy guruhlarning zarur elementlaridan biri yetakchi (lider)ning mavjudligi bo‘lib, u ma’lum bir vaziyatda norasmiy rahbar vazifasini bajaradi. Bunday shaxslarda rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyati ustun turadi. Shuning uchun ham jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan baho berilganda lider guruhlarning tashkilotchisi va rahbari hisoblanadi. Yetakchi (lider)ning asl ma’nosi «tashkilotchi», «rahbar» degan ma’noni bildiradi.
Yetakchi faqat ba’zi bir yuqoridagi sifatlari uchun tanlanadi deyish katta xato bo‘ladi. Agar yetakchi o‘zining qaysidir tomonlari bilan guruh tashkil etilgan damlarda pand bersa, uni almashtirish choralari ko‘riladi. Lekin yetakchilikdan ketish albatta kurashlar, kerak bo‘lsa qurbonliklar talab qiladi.
Yetakchining funksiyasiga quyidagilar kiradi:

  • tashkilotchilik;

  • xabar berish;

  • ma’lumotlarni strategik ishlash;

  • tartib o‘rnatish va boshqalar.

Yetakchining rahbarligi quyidagi holatlarda ko‘rinadi: jinoiy guruhni tashkil qiladi, rahbarlik qiladi, jinoyatni amalga oshirishda har bir ishtirokchiga vazifalarni bo‘lib beradi. Xabar berish, olish, xabardor bo‘lish rahbarning eng asosiy sifatlaridan biridir, ya’ni xabarni tashqaridan olish bilan birga, guruh ichidagi vaziyatdan ham xabardor bo‘lib turadi, guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatni bilish ham muhim hisoblanadi.
Strategik ishlar guruh yetakchisining g‘oyalari bilan amalga oshadi, u oldindagi qiyinchiliklarni ko‘ra biladi, guruhga o‘zgartirishlar kiritadi, olingan o‘ljalarni taqsimlaydi. Yetakchining ko‘rsatmalarini bajarmagan yoki bajarishdan bosh tortganlar qattiq jazolanadi, yetakchi jazoning turini aniqlaydi, amalga oshirish yo‘llarini taklif qiladi va jazolovchini tayinlaydi.
Yetakchining bu sifati ayniqsa uyushgan jinoiy guruhlarga taalluqlidir. Jinoiy guruhlar sodir etilishi kerak bo‘lgan jinoyatni amalga oshirishga ketayotganda, ishtirokchilardan biri operatsiyada ba’zi kamchiliklar bor, rejani aniqlashtirish kerak degan fikrini shipshitib qo‘yadi, bu liderning qulog‘iga yetgandan keyin shu shaxsni qattiq jazolashni buyuradi, chunki guruh orasida ikkilanish paydo bo‘lib, operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, boyagi fikrni tarqatgan odam haq bo‘lib, qahramonga aylanishi mumkin.
Mazmuniga ko‘ra jinoiy guruh rahbari yetakchi tashkilotchi, yetakchi ruhlantiruvchiga, rahbarligiga qarab demokratik va avtoritarga bo‘linadi. Demokratik rahbarlikda ham, avtoritarda ham demokratik yo‘l tutiladi, avtoritarda barcha vazifa shakllarini shaxsning o‘zi hal qiladi, tartibni juda qattiq ushlaydi.
Jinoiy guruhlar ichida quyidagilar o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lgan, bo‘lib keladi:

  • lider va guruh a’zolari;

  • lider va tarafkashlar;

–guruhning yangi va eski a’zolari;

  • jinoiy faoliyatini tugatmoqchi bo‘lgan shaxs va guruhdagi a’zolar o‘rtasida;

  • har xil jinoyatlarni sodir etishda turli vazifalarni bajaruvchi jinoyatchilar o‘rtasida;

  • guruhda yuqoriroq mavqeni egallamoqchi bo‘lgan shaxs va guruh a’zolari o‘rtasida;

  • jinoiy guruh bilan boshqa bir jinoiy guruh va hokazo.

Jinoiy guruhlardagi shaxslar o‘rtasida tenglik yo‘q, bo‘lishi mumkin ham emas, agar tenglik bo‘lsa, u guruh bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida yopiq psixologik bir-birini ko‘ra olmaslik yotadi. Guruhning yadrosi, o‘zagi bo‘lib, u eng faol qatnashchilardan tashkil topgan bo‘ladi.
Guruhning yetakchisi (verxushkasi) jinoyatdagi asosiy xatti-harakati bilan aniq ajralib turadi va «mozgovoy sentr» hisoblanadi. Ular ichki tartibni o‘rnatadi, boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Bunday shaxslar o‘ljaning ko‘proq qismini olishga harakat qiladi, yetakchilikda asosiy faoliyatni tartibga solish bilan birga, ko‘p mas’uliyatni ham o‘ziga oladilar.
Shu nuqtai nazardan yetakchi jamiyatga qarshi guruh tuzuvchi yoki tuzilgan guruh tepasiga o‘z faoliyati bilan chiqqan jinoiy faoliyat tashki- lotchisidir.
Ijtimoiy psixologiya yetakchining ba’zi bir xislatlarini ajratadi:

  1. g‘oya berishiga ko‘ra faolligi;

  2. tashkilotchilik qobiliyati;

  3. muloqotga kirisha bilishi, o‘ziga jalb qilishi;

  4. ba’zi masalalarni yechishda kompitentligi. Kriminogen guruhning asosiy tavsifi:

    1. jinoiy xatti-harakati;

    2. jinoiy tajribaga ega ekanligi;

    3. o‘g‘rilar an’anasiga rioya qilishi;

    4. o‘g‘rilar jargonini va tatuirovkalarini yaxshi bilishi.

Hozirgi vaqtda jinoyat olamida yetakchilarning quyidagi ijtimoiy- psixologik tasnifi mavjud:

      • harakat dasturini berib, ruhlantiradi;

      • murakkab vazifani bajaradi;

      • guruhni tashkil qiladi va yo‘naltiradi.

Jinoiy guruhni psixologik tahlil qilishda uning a’zolari o‘rtasida axborot uzatish usullarini aniqlash juda muhim. Axborot uzatishning quyidagi usullari mavjud:

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin