Jinoiy guruhlarda yetakchilik (liderlik) va uning psixologik tavsifi
Jinoiy guruhning rivojlanishidagi muayyan bosqichda uning ichki tuzilishida yetakchi siymosi paydo bo‘ladi. U odatda guruh tashkilotchisi va rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Guruh yetakchisi paydo bo‘lishi bilan guruh uyushadi va jipslashib qoladi, uning faoliyati jadallashadi, maqsadga qaratilgan xususiyatga ega bo‘ladi va borgan sari ijtimoiy xavfli tus ola boshlaydi. Ichki psixologik tuzilish bilan bir vaqtda jinoiy guruhning funksional tuzilishi ham tashkil topadi. Har bir yangi jinoyat guruh ishtirokchilarining vazifalarini yanada aniqroq belgilab beradi: ayrimlar qilmishni bevosita bajaradi, boshqalar jinoyat obyektini qidirib topadi, yana boshqalari o‘g‘irlangan narsalarning o‘tkazilishini ta’min- laydilar va hokazo. Funksional tuzilish jinoiy guruhning shaxsiy tarkibi, sodir etilayotgan jinoyatning turi, tajovuz obyekti va boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yetakchilik qobiliyati va atrofdagilarni boshqarish mahorati yetakchining qayg‘udosh bo‘lish subyektiv imkoniyatlarini jiddiy ravishda cheklovchi yoki bunga to‘sqinlik qiluvchi hissiy sovuqqonlik bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda bu jihat atrofdagilar bilan zarur ijtimoiy- psixologik masofani saqlab turish, yuzaga kelayotgan vaziyatning barcha muhim jihatlarini inobatga olgan holda tahlil qilish hamda shu asosda oqilona qaror qabul qilishga imkon beradi. Yetakchilarning ushbu guruhlari o‘rtasida raqobat, yashirin dushmanlik mavjud, ammo maqsadlar va unga erishish yo‘llari umumiyligi sababli ular hamkorlik qiladilar. «Yetakchi» ko‘pincha sudlanmagan, juda aqlli, ma’lumotli, tashkilotchilik qobiliyatiga, maslahatchilar sifatida esa «obro‘mandlar»
va hatto «qonundagi o‘g‘rilar»dan iborat tajribali professional jinoyat- chilarga ega bo‘ladi1.
Jinoiy guruhlar yetakchilari qo‘l ostidagilar ustidan ruhiy hoki- miyatga egadirlar. Uyushgan jinoiy guruhlar yuzaga kelishi va mavjudligining o‘zi ana shu hodisaga asoslanadi. Psixologiyada «hoki- miyat» tushunchasining shunday ta’rifi mavjud: individ o‘zini o‘rab turgan dunyoga ta’sir ko‘rsatib hosil qiladigan har bir samara (effekt) uning qobiliyat, kuch, bilimdonlik sifatida tushuniladigan hokimiyati bilan bog‘liqdir. Hokimiyatning manbalari – hokimiyatni qo‘llayotgan subyekt boshqa birovning tegishli motivlari qondirilishini ta’minlashiga, ushbu qondirilishning ushlab turilishi yoki oldi olinishiga yordam beradigan vositalardir. Mavjud tasniflardan biriga ko‘ra hokimiyatning oltita imkoniyatdagi manbai ajratiladi2.
Jinoiy guruh tashkilotchilari uning a’zolari o‘rtasida yetakchiligini saqlab qolish uchun foydalaniladigan hokimiyat manbalarini ko‘rib chiqamiz.
Mukofotlash hokimiyati. Uning kuchi guruh talablari hokimiyat obyektlari (jinoiy guruh a’zolari)ning umidlarini qanchalik qondirishiga, shuningdek yetakchi bunday qondirishni guruh a’zosining o‘zi uchun istalgan xatti-harakatiga bog‘lab qo‘yishiga bog‘liq. Aslida jinoiy guruh a’zosining g‘arazli motivlari faqat yetakchi qo‘ygan vazifalar benuqson bajarilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Ushbu hokimiyat kutiladigan mukofot miqdori bilan birga oshib boradi.
Majburlash yoki jazolash hokimiyati. Uning kuchi quyidagilarga bog‘liq: 1) ehtimol tutilgan jazolar repertuariga; 2) jazo tahdidi minus itoatkorlik tufayli jazodan qutulish ehtimolligiga. Yetakchi o‘rnatgan va saqlab turadigan qattiq intizom, sotqinlar va murtadlar, shuningdek, ularning yaqinlariga o‘lim jazosini nazarda tutgan qonunlar hamda eng kichkina jazo sifatida – daromadni taqsimlash chog‘ida ulushini kamaytirish (binobarin – g‘arazli motivini qondirmaslik) – bularning bari hokimiyatning ushbu manbai ega bo‘lgan kuchdan dalolat beradi.
Etalon hokimiyati. U guruh a’zosining yetakchi bilan identi- fikatsiyasiga hamda guruh a’zosining yetakchiga o‘xshashga istashiga asoslangan. Dastlab «yangi kelganlar jamiyat oldidagi majburiyatlardan
1 Qarang: Гуров А. Организованная преступность: не миф, а реальность. – М., 1992. – С. 23.
2 Qarang: Хекхаузен Х.Мотивация и деятельность. – М., 1986. – С. 354– 362; Политическая психология. – СПб., 1992. – С. 7.
xoli bo‘lgan go‘zal hayotning o‘g‘rilar romantikasi, odamlar ustidan hukmronlik qilish, ko‘p pul topish kabilar bilan yo‘ldan uriladi»1. Bularning bari jinoiy guruh tepasida turgan «obro‘mand»da mavjud.