Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə74/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Guruhda jinoiy faoliyatni kasb qilib olgan shaxslarning mavjudligi. Ayrim uyushgan guruhlar tarkibida jinoiy faoliyat hayot tarziga aylangan shaxslar bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday shaxslar guruhga yo‘lboshchilik qiladi yoki guruhning «obro‘mandi» sanaladi. Bunday shaxslar ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Ularni guruh jinoiy faoliyatda uddaburon «malakali kadr» sifatida va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida saqlaydi.
Guruhning o‘qotar qurollar bilan ta’minlanganligi. Uyushgan guruhlar doimiy ravishda katta foyda olish va guruhning barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni «muvaffaqiyatli» sodir etishga intiladi. Ko‘pchilik uyushgan guruhlar shu maqsadda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritadilar va jinoyatlarni sodir etishda bevosita undan foydalanadilar.
Ijtimoiy nazoratni bartaraf etib, jinoiy faoliyatga sharoit yaratib beruvchi tizimning mavjudligi. Uyushgan guruhning mavjudligi va jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishida ushbu tizimning ahamiyati katta. Uni tashkil etuvchi shaxslar bevosita jinoyat sodir etishda qatnashmasalar ham jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib beradilar. Masalan, ayrim davlat nazoratini olib boruvchi mansabdor shaxslar jinoiy guruh faoliyatiga, ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘sqinlik qilmaydilar va buning natijasida davlat hamda fuqarolarga jiddiy moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi.
Uyushgan jinoyatchilikning asosiy belgilari:

  1. turg‘unligi va reja bilan ish qilishi;

  2. yuqori tashkilotchiligi va lider yadrosining borligi;

  3. qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanishning mavjudligi;

  4. katta pulga egaligi;

  5. chuqur konspirativ xarakterga ega ekanligi;

  6. ta’sir doirasining kengligi;

  7. faoliyatini yangilab borishi (tajriba asosida);

  8. jamiyatga qarshi g‘oyasining aniqligi.

Aniq vazifalarning taqsimlanishi, guruhlardagi iyerarxiyalashgan tizimning ichki jipsligi asosida manfaatlar yotadi. Qattiq tartib, topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, faoliyatni o‘z qonun-qoidalari asosida olib borish, sukut saqlash guruh uchun muhim rol o‘ynaydi. Mana shu tartibdan qaysidir bandi buzilsa, guruh a’zosi qattiq jazolanadi, og‘ir jismoniy jazo belgilanadi.
Guruh a’zolari qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanadilar. Bunda organ xodimlarini shantaj qilish, sotib olish va ularning rejalarini oldindan (razvedka qilib) bilish va kerakli choralarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat apparatidagi mansabdor shaxslarning organ xodimlari bilan bog‘liqligi, organ xodimlarining jinoyat olami bilan bog‘liqligi ularning ishini yengillashtiradi, ular orqali jinoyat olamiga kirib borishadi. Agar korrupsiya bilan ish bitmasa, mansabdor shaxslarni diskriminatsiya (kamsitadi, bolalarini o‘g‘irlaydi) qilish, ularni boshqa shaxslar bilan almashtirishga harakat qiladilar.
Uyushgan guruhda katta miqdordagi pulni mavjudligi mansabdagi shaxsni sotib olishga imkoniyat yaratib, bu bilan faoliyat masshtabini kengaytirishga xizmat qiladi.
Uyushgan jinoyatchilik chuqur konspirativ xarakterga ega. Jinoyat sodir etishga ko‘proq odamlarni jalb qilish uni ochishni ancha mushkullashtiradi. Organ xodimlari jinoyatchilarning bir qismini qo‘lga olsa, ikkinchi qismi jinoyat sodir etadi. Organ xodimlari ular orasiga qancha ko‘p kirib borsa, ish shuncha mushkullashadi. Bu uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashmaslik kerak degani emas, balki kurashning yangi usulini topish demakdir.
Jinoyat sodir etgan guruhni uyushgan deb baholash uchun yuqorida keltirilgan asosiy belgilar mavjud bo‘lishi kerak. Chunki bu belgilar barcha uyushgan guruhlarga xos va shu belgilarning o‘zi guruhning uyushganligidan dalolat beradi.
Qo‘shimcha belgilar uyushgan guruhni kengroq ta’riflab, uning ijtimoiy xavfliligidan dalolat beradi, uning uyushganlik darajasini belgilaydi va shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish idoralarining amaliy ishlarida guruhni uyushgan deb baholashda ko‘maklashadi. Bu turdagi belgilarning fakultativ deb atalishiga sabab ularning barcha uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligidir.
Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, uyushgan guruhga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. «Uyushgan guruh – umumiy maqsadga ega bo‘lgan, o‘zining mustahkamligi, tarkibining barqarorligi, guruh rahbariga bo‘ysunish asosida (doimiy yadroga ega bo‘lgan) tashkil etilganligi bilan belgilanadigan ikki yoki undan ortiq shaxslarning bir yoki bir necha jinoyatni sodir qilish uchun bir guruhga birlashishi»1 dir.
Biz yuqorida sanab o‘tgan belgilari mavjud bo‘lgan guruhni uyushgan deb atash mumkin. Chunki bu belgilar guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangandagina mavjud bo‘ladi. Jinoyat kodeksida berilgan ta’rifda ham guruhning faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan vaqtda uyushgan bo‘lishi e’tirof etilgan.
Amaliyotdagi jinoiy ishlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda bevosita jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda huquqni muhofaza qilish xodimlari guruhni uyushgan deb baholaganlar, ammo qaysi belgilariga qarab bunday xulosaga kelganliklarini bayon qilmaganlar.
Demak, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida barqaror yo‘sinda birlashgan va norasmiy qoidalarga rioya qilib, tashkiliy tarzda jinoyat sodir etuvchi hamda yagona yo‘lboshchiga bo‘ysunuvchi guruh uyushgan deb hisoblanadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin