Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə70/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. Ijtimoiy axloq va unda «normadan chetga chiqish» nima?

  2. Psixik anomaliyalar inson axloqi va psixikasiga qanday ta’sir qiladi?

  3. Psixologiyada jinoyatchi shaxs tushunchasiga qanday ta’rif berilgan?

  4. Shaxslarning asosiy kriminal tiplarini psixologik tavsiflang.

  5. Alohida toifadagi huquqbuzarlarning psixologik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?

  6. Xo‘jalik va xizmat sohalariga oid g‘arazli jinoyatchilar toifasiga ta’rif bering.

  7. Retsidiv jinoyatchilarning qanday tiplari mavjud?





  1. bob.

JINOIY GURUHLAR VA UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA PSIXOLOGIK TAVSIF


  1. Jinoiy guruhlar shakllanishining psixologik sabab va sharoitlari


Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida fuqarolar, davlat va, umuman, jamiyatimizga xavf solayotgan, xalqimizning farovonligini ta’minlash siyosatini amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazishga urinayotgan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash huquqni muhofaza qilish idoralari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Buni o‘z vaqtida tushunib yetgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan terrorchilik tajovuzlaridan himoya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, u «Jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan «qudratli markazning kuchli qo‘li»ni qumsash hissini tug‘diradi. O‘tmish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘lik, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga og‘diradi»1, deb ta’kidlaydi.
Kasbiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri guruh bo‘lib jinoyat sodir qiluvchi shaxslar psixologiyasini o‘rganishidir.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida bir shaxsning ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi yoki jinoiy faoliyat yuritishi qonunda



1 Qarang: Каримов И. А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. – Т., 1998. – Б. 91–92.
aybni og‘irlashtiruvchi holatlar qatoriga kiritilgan (masalan, takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etish). Haqiqatan ham ushbu ko‘rsatkich shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini oshiradi. Agar jinoiy faoliyatni ikki yoki undan ortiq shaxslar sodir etgan bo‘lsa, jinoyat- larning hamda guruhning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘ladi.
Shu ma’noda jinoyatchilar dunyosiga qirib borayotgan jinoiy guruhlar shakllanishining umumiy psixologik sabab va sharoitlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, jamiyatda mavjud iste’mol va taqsimot o‘rtasidagi adolatsizlikning mavjudligi bo‘lib, bu, o‘z navbatida, ayrim shaxslar psixikasida kuchli emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Natijada ayrim shaxslar jinoiy guruh tuzishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishi; ikkinchidan, jamiyatdagi ayrim shaxs, guruh va jamoalar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvining doimiy mavjudligi bo‘lib, uning keskinlashuvi ham jinoiy uyushmalarning kelib chiqishiga sabab
bo‘lishi;

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin