Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə73/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Uyushgan jinoiy guruhga iyerarxik tuzilish, guruhda vazifalarning funksional taqsimlanishi, barqaror jinoiy jipslik, qat’iy yagona boshchilik, jinoiy submadaniyatga egalik xosdir. Bunday guruhda jinoiy
«hunar» puxta rejalashtiriladi, keng tarmoq otgan guruhlararo aloqalar mavjud, axborot xizmati, jinoyat izlarini yashirish, niqoblash va yo‘q qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday jinoiy guruh tarkibida barqaror jinoiy- kasbiy malakalarga ega bo‘lgan professional jinoyatchilardan iborat birlamchi guruh (guruh yadrosi) ajralib turadi. Bunday guruhlar nisbatan mustaqil bo‘lib, odatda korrupsiyalashgan aloqalarga ega bo‘lmaydilar. Ular doimiy daromad keltiradigan maskanlar va doimiy nazorat qilinadigan hududlarga ega bo‘lmaydi. Biroq ularning jinoiy faoliyati yuqori darajadagi professionalizmi, guruhiy jipsligi, shafqatsizligi bilan ajralib turadi (bandalar, shaykalar). Bular odatda an’anaviy jinoiy guruhlar deb ataladi.
Bunday guruhlarning asosiy qismini «janggarilar» – jismonan baquvvat, shafqatsiz va guruh boshlig‘iga sadoqatli odamlar tashkil qiladi. Ular muayyan hududni nazorat qiladi (firibgarlik bilan shug‘ul- lanadi, tijorat tuzilmalariga «homiylik» qiladi, o‘lpon yig‘adi va dayuslik bilan shug‘ullanadi).
Uyushgan jinoiy guruhlar ijtimoiy uyushgan birlik sifatida faoliyat ko‘rsatadilar, keng miqyosdagi ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lgan umumiy (yagona) funksional-iyerarxiyalashgan tizimga birlashadilar, katta miqdordagi pulga ega bo‘lgan jamg‘armalar tashkil qiladilar, huquqni muhofaza qilish organlarini korrupsiyaga tortish orqali o‘z xavfsizligini ta’minlaydilar. Ularning jinoiy faoliyati ko‘p hollarda legal (qonuniy) tashkilotlarning faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoiy sindikatlar
xayriya ishlarini amalga oshirish, siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali o‘zining obro‘sini mustahkamlashga harakat qiladilar.
Jinoiy guruhni uyushgan deb atash uchun asosiy mezon tariqasida quyidagi belgilarni hisobga olish lozim:

  • guruhning barqarorligi;

  • tashkilotchining bo‘lishi;

  • bir necha jinoyat sodir etish maqsadida tuzilganligi;

  • jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligi;

  • har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi;

  • texnika bilan ta’minlanganligi;

  • jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligi;

  • umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatma- lariga itoat qilinishi va shu kabilar.

Uyushgan guruhning yana bir necha qo‘shimcha belgilari mavjud bo‘lib, ular fakultativ belgilar deb yuritiladi. Bu belgilarning mavjudligi guruhning ijtimoiy xavfliligini oshiradi, ammo ishtirokchilikni shakllarga ajratishga ta’sir etmaydi. Bularga quyidagilar kiradi:
Guruhning texnik vositalar bilan ta’minlanganligi. Sud amaliyoti xodimlari ishini yengillashtirish maqsadida bu belgini biz fakultativ belgilar qatoriga qo‘shdik. Chunki guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun texnika kerak bo‘lmasligi mumkin, masalan, buyurtma orqali odam o‘ldirish jinoyatini bajaruvchi uyushgan guruhlar- ning jinoiy faoliyati uchun faqat o‘qotar qurol kerak va ular boshqa texnika sotib olmasligi mumkin. Texnika bilan ta’minlanganlik deganda, guruhning faoliyat yuritishda texnikadan, masalan, avtotransport vositasi, ovoz eshitish, suratga olish, video va boshqa apparatlar, turli ratsiyalar va boshqa shunga o‘xshash vositalardan keng foydalanishini tushunish kerak.
Vazifalarning taqsimlanganligi. Bu uyushgan guruhning yana bir fakultativ belgisi hisoblanadi. Guruh a’zolari belgilangan vazifalarni bajaradi, ammo ayrim hollarda vazifalar aniq belgilanmaydi va guruh a’zosi keyingi jinoyatni sodir etishda qaysi vazifani bajarishini bilmaydi, jinoiy faoliyat davomida u bir vazifani bajarishdan ikkinchi vazifani bajarishga o‘tkazilishi yoki bevosita jinoyat sodir etish vaqtida vazifasi aniq bo‘lishi mumkin.
Umumiy pul jamg‘armasining mavjudligi. Umumiy pul jamg‘armasi jinoyatchilik dunyosida «obshak», «umumiy qozon» deb yuritiladi. Uni tashkil etishdan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan: birinchidan, guruh
a’zolarining favqulodda vujudga keladigan ehtiyojlari (qamoqqa olingan paytda uni va oila a’zolarini ta’minlash), guruhning manfaatlari va yo‘lboshchining ayrim xarajatlari uchun sarflash; ikkinchidan, guruh a’zolarining barqarorligini ta’minlash maqsadida tuziladi. Guruh a’zolari o‘zlarini «ijtimoiy» himoyalangan hisoblaydilar va shu yo‘l bilan uyushgan guruh a’zolariga nisbatan g‘amxo‘rlik qilinayotganligi ko‘rsatiladi. Ushbu jamg‘arma ayrim uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin