Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida ob’ektlarga Shaxs ning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga ham o‘zini tashlashi mumkin.
Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo‘lib, shijoatni oshirib yuboradi va bu holat stenikhislar deb ataladi. Boshqa bir holatda emotsiya (astenikdeb atalmish emotsiyalar) faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi.
His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog‘ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yo’zlarning ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yo’z bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi3.
Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tadigan jarayon. U ongning anchagina o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmaslik, shuningdek,
Affekt holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo‘rondir.