Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish singari his-tuyg‘ular ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. Stress,psixologik ta’rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his- tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo‘lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «stress»– tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud hissiy zo‘riqishdan iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo‘yicha «stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir»4.
Frustratsiyakishi maqsadga erishish yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yo’z beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi.
Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi, jumladan, A.V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar yo’z berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M. Vohidovning «Bolalar psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida hissiyot deb – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo‘lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z-o‘zidan yo’zaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yo’zaga keladi. Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo‘llaniladi. Yuksak hislar.Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi.
Praksik hislar – inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga aylanib qoladi.