Kasbiy qiziqish moyilliklarni shakllantirish



Yüklə 31,59 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü31,59 Kb.
#111405
  1   2   3
KASBIY QIZIQISH VA MOYILLIKLARNI SHAKLLANTIRISH


KASBIY QIZIQISH VA  MOYILLIKLARNI SHAKLLANTIRISH


Reja:



  1. KASBIY QIZIQISH

  2. MOYILLIKLARNI SHAKLLANTIRISH

Kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirishda hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar (masalan, ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat) yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik qobiliyatlari) ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar hisobga olinadi, masalan, elektromexanik releni sozlovchi qiluvchi kishining qo‘llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bardoshlilik — transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga karab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo‘shilib kelgan takdirdagina ishning muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin.


Xo‘sh, agar kishida tanlangan kasb uchun zarur qobiliyatlarning hammasi bo‘lmasachi? Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo tanlangan kasbni o‘zgartirish yoxud yetishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan qobiliyatlar o‘rnini qoplash yo‘llarini qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan, xotirada kamchilik bo‘lsa, muntazam ravishda har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar bilan o‘sha yetishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin. Jismning fazodagi tasvirini tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun hajmli modellardan foydalaniladi va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlanishi o‘rnini qoplash — bu odatdagi va zarur hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida chindan ham yuksak mahoratni egallashi kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uning hayotida katta o‘rinni egallashi kerak.
Maktabda olib boriladigan faol o‘quv faoliyati sizning har biringizga o‘z aqliy qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi.
Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z kuchiga ishonish, o‘zini idora qila bilish, og‘irvazmin bo‘lish singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo‘shilib mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi.


Yüklə 31,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin