3. Ijtimoiy hamkorlikni tizimli hosil qilish bosqichi. Mazkur bosqich maqsadi - ijtimoiy hamkorlikning mavjud va barpo etilayotgan elementlarini yagona tizimga birlashtirishdir. Buning uchun lavozim yo‘riqnomalari aniqlashtirilishi, professional ta’lim ish rejasiga ijtimoiy hamkorlikka oid chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ijtimoiy hamkorlik jarayoni barcha ishtirokchilarini birlashtiradigan, ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish - ta’lim muassasasi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib boradi.
Jumladan, ta’lim muassasasi, ishlab chiqarish korxonalari, kasaba uyushmalari, ta’limni boshqarish organlari, mehnat organlari va jamoatchilik organlari vakillarini o‘z ichiga olgan Vasiylik kengashlari tuzilishi shulardan biridir. Ushbu kengashlar faoliyati professional ta’lim Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi Nizomga binoan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy hamkorlik tizimini shakllantirishning yakunlovchi, uchinchi bosqich yakunlari quyidagicha bo‘lishi kerak:
- ijtimoiy hamkorlar bilan ish olib borish borasidagi vazifalar, xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari;
- ijtimoiy hamkorlik borasidagi chora-tadbirlar bilan boyitilgan ta’lim muassasasi ish rejasi;
- o‘quvchilar amaliyoti, o‘qituvchilar stajirovkasi, Vasiylik kengashining faoliyati, o‘quv-uslubiy hujjatlarni kelishib olish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risida shartnoma, nizomlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy hamkorlikka taalluqli namunaviy hujjatlar;
- doimiy faoliyat yurituvchi Vasiylik kengashi;
- ijtimoiy hamkorlarning turli toifalari bilan barqaror hamkorlik.
Oxirgi bosqichda erishilgan natijalar doimiy ravishda saqlanib va mustahkamlanib borishi kasb-hunar kollejlari uchun juda zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar O‘rinov U.A. Ta’lim jarayonidagi ijtimoiy hamkorlik bosqichlari // Kasb-hunar ta’limi. –Toshkent, 2009. -№4. -B.25-26.
O‘rinov U.A., Arslanov Yu. Kasb – hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlik // Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2008. - №6. -B.107-110.
O‘rinov U.A. Ijtimoiy hamkorlik asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni samaradorligini aniqlash // Oliy va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish hamda sifatini baholash muammolari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. –Buxoro: BOOESTI, 2010. -B.455-457.
Himmataliev D.O. O‘quv – tarbiya jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish: Avtoref. dis....ped.fan.nom. - T.: TDPU, 2003. – 24 b.
Эрик Де Корте и Ливен Фершаффел. Высокоэффективное обучение: эксперименталный проект соединения теории и практики // Перспективы: сравнителные исследования в области образования. М.: ООО ИНПРАЙС, 2003. - №4. – Б.121.
Чистякова С. Н. Педагогическая поддержка профессионального самоопределения школьников. - М.: Новая школа, 2004. - 49 c.