Key words:Social cooperation, production enterprises, social relations, interests, community, professional education, specialist personnel.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasining asosini tashkil etuvchi shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlik ham aynan ijtimoiy hamkorlik jarayonini tashkil etish uchun bir ko‘rsatma sifatida o‘rin tutadi.
Har bir yangi boshlanayotgan ishning natijasini belgilashda oldindan rejalashtirish, qo‘yiladigan maqsad va unga qadar amalga oshirilgan ishlarni taqqoslash muhimdir. Shu bilan bir qatorda ishning natijasini belgilashning yana bir tomoni undan faoliyat yuritish ko‘zda tutilayotgan shaxslarning ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risidagi tasavvurlari timsollaridir. Ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Biz tomondan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan professional ta’lim pedagog va muhandis-pedagoglarining ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish va u bilan bog‘liq ayrim holatlar to‘g‘risidagi fikrlarini aniqlash maqsadida anketa so‘rovi o‘tkazildi .
ijtimoiy hamkorlik ta’lim muassasasi uchun haqiqatdan quyidagi bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham manfaatlari o‘sishini aytish mumkin:
- ta’lim mazmunan o‘zgaradi;
- mutaxassis kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashuviga olib keladi;
- mutaxassis kadrlarni kollejda o‘qishi davomida ishlab chiqarish amaliyotini o‘zidayoq ishchi o‘rinlari bilan ta’minlashga erishiladi;
- professional ta’limning mutaxassis kadrlarni ishlab chiqarish korxonalariga sifatli tayyorlab berishi tufayli nufuzga ega bo‘la boshlaydi;
- professional ta’limning jamiyatdagi mavqei osha boshlaydi;
- mutaxassis kadrlar tayyorlash sifati hamda pedagog va muhandis-pedagoglarning shaxsiy mas’uliyati ortadi va h.k.z.
Pedagog va muhandis–pedagoglarning «Ijtimoiy hamkorlikning ta’lim jarayoniga ta’siri» bo‘yicha bildirgan mulohazalari ancha yuqori ko‘rsatkichlarga da’vogarlik qildi. Ularning barchalari ijtimoiy hamkorlik ta’lim jarayoniga 100 foiz ijobiy ta’sir etishini qayd etganlar. Albatta bunday ko‘rsatkich ta’lim muassasasidagi pedagog va muhandis-pedagoglarni ta’lim bilan ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida aloqani o‘rnatish bugungi kun uchun eng maqbul yo‘l ekanligini anglab yetganliklaridan dalolat beradi.
Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirishning quyidagi bosqichlari ishlab chiqildi.